Mustaqil ish: Mavzu: Kompyuter texnikaining rivojlanish tendensiyasi


Download 9.33 Kb.
bet2/4
Sana26.06.2023
Hajmi9.33 Kb.
#1656260
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter Arxitekturasi


Mexanik davr.
Hisoblash texnikasida mexanik moslamalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri Nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623 yilda ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi kishilargagina ma'lum bo'lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu boradagi birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan Fransuz matematigi Blez Paskal deb hisoblanib kelingan. Lekin 1958 yili Shtutgart shahri kutubxonasidan 1. Keplerning Qo'lyozma va hujjatlari orasidan topilgan hisoblash mashinasi chizmasi bu boradagi birinchi ixtirochi Shikkard ekanligi uzil-kesil tasdiqladi.
Lekin qarangki, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr qilinmagan ikki jildli qo'lyozmasi topildi. Qo'lyozmaning birinchi jildi deyarli boshdan oyoq mexanikaga bag'ishlangan bo'lib, undagi chizmalar orasida hisoblash qurilmasining chizmasi ham chiqqan


Shu chizma asosida mashina yaratilganda, u qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma'lum bo'ldi. Shunga qaramay Leonardo da Vinchi XV-XVI asrlarda yasalgan hisoblash mashinalarming noma'lum ixtirochilaridan biri deb hisoblanib kelinmoqda.
Mexanik hisoblash mashinalarining tarixi esa yuqorida aytib o'tilgandek, Paskal mashinasidan boshlanadi. Blez Paskalning otasi Et'en Paskal moliya ishlariga bo'gliq lurli razifalardo xizmat qilar edi va tabiyki hisob-kitob uning ko'p vaqtini olar edi. Yosh Paskal otasining mehnatini yengillashtirishga urindi va hisoblash mshinasini yaratishga muvaffaq bo'idi. Sirasini aytganda, Blez soat mexanizmini hisoblash mashinasiga aylantirdi. O'rtadagi tafovut shunda ediki, qo'zg'almas siferblat qo'zg'aluvchan, harakatlanuvchi soat mili esa, aksincha, qo'zg'almaydigan bo'idi. Siferblat dastlab hisob diskiga, keyinroq esa hisob g'ildiragiga aylantirildi. Paskalning mashinasi bo'yi 30-40, eni 15, balandligi 10 santimetrgacha bo'lgan jez qutichadan iborat edi. Asrimiz boshlarida Fransuz jurnallaridan biri "Paskalning 50 dan ortiq mashinasi mavjud. Ularning barchasi shakli qanday materialdan yasalganligi va qay Hilda ishlashiga ko'ra turlicha", deb yozgan edi

Download 9.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling