Mustaqil ish: Mavzu: Kompyuter texnikaining rivojlanish tendensiyasi


Download 9.33 Kb.
bet3/4
Sana26.06.2023
Hajmi9.33 Kb.
#1656260
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter Arxitekturasi


Paskalning mashinasi nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Gotfrid Leybnisni ham ixtirochilikka undadi. Ammo u faqat qo'shish va ayirishnigina emas, balki to'rtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratishni istardi. Leybnis 1673 yili shunday mashinani yaratdi va uni Parij akademiyasiga taqdim qildi. Bu hisoblash mashinasidagi yangilik shunda ediki. Leybnis birinchi bo'lib, raqamlar teradigan g'ildirakni pog'onali valik atrofida turli uzunlikdagi o'nta zinasi bo'lgan silindr bilan almashtirdi. U mashinalardan birini Rossiya podshosi Petr I ga sovg'a qilmoqchi edi, lekin, afsuski, o'sha mashinani ta'mirlash zarur bo'lib qoldi. Leybnis uni tuzatishga berdi, biroq mexanik qancha urinmasin, mashinani ta'mirlashni ddalay olmadi. Leybnisning hisoblash mashinalaridan biri hozir Garmover shahri muzeyida saqlanmoqda.


Elektromexanik mashinalar davri.
Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energivasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo'la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o'nta tugmali "VK-1" mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo'lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida hammasi bo'lib, 2000 amal bajara olar edi.


Elektron hisoblash mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar ham o'z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug'ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi.

Download 9.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling