Mustaqil ish: Mavzu: Kompyuter texnikaining rivojlanish tendensiyasi


Download 9.33 Kb.
bet1/4
Sana26.06.2023
Hajmi9.33 Kb.
#1656260
  1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter Arxitekturasi

MUSTAQIL ISH:


 
Mavzu:

Kompyuter texnikaining rivojlanish tendensiyasi

 
Tuzuvchi:

 
Oripov Avazbek

kOMPYUTERNING RIVOJLANISH TENDENSIYASI Reja: 1. Kompyuterning rivojlanish tarixi va avlodlari. 2. Mexanik hisoblash qurilmalari, ularning yaratilish tarixi. 3. Elektron hisoblash mashinalari. Ularning asosiy parametrlari, avlodlari, tarixi. 4. Shaxsiy kompyuterlar. Ularning turlari, rivojlanish tarixi. 5. Texnika xavfsizligi haqida


Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi
Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi:
Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr
  • Mexanik mashinalar davri
  • Elektromexanik mashinalar davri
  • Elektron hisoblash mashinalar davri


Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr.
Hisoblash ishlarining tarixi odamzod pay do bo'lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi.
Qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh"ni, ikki qo'l barmoqlari 'Vnni", qo'l va oyoq barmoqlari birgalikda "yigirmani" bildirgan.
Dastlabki va eng sodda sun'iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bo'lib, tayoqchalar turli
tuman shakllar bilan o'yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig'ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan Hisoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etardi.


Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko'rinishdan hozirgi cho'tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini bir muncha yengillashtirdi. Dastlabki hisoblash asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo'lib, Shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan, Neper tayoqchalari yordamida qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmik chizg'ich yaratilishiga asos bo'ldi.

Download 9.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling