Mustaqil ish mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishi olib borishning nazraiy asoslari
yilida – “Tanishuv”, “O‘yinchoqlar bilan harakat”
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHI OLIB BORISHNING NAZRAIY ASOSLARI
yilida – “Tanishuv”, “O‘yinchoqlar bilan harakat”, “O‘yinchoqlar”, “Bosh kiyim va poyabzal”, “Oila”, “Ranglar”, “Hayvonlar va parrandalar”, “Birdan o‘ngacha sanoq”, “Meva va sabzavotlar”, “Idishlar”, “Oziq-ovqatlar”; ikkinchi o‘quv yilida – “Tana qismlari”, “Bizning uy”, “Mening kun tartibim”, “O‘ndan yigirmagacha sanoq”, “Maktab”, “Bizning shahar” (qishloq), “Yil fasllari”, “Bayramlar”, “Bizning vatan” mavzulari bo‘yicha so‘z va iboralarni o‘zlashtiradilar. Birinchi o‘quv yilidagi mavzular bo‘yicha 250 tacha so‘z, ikkinchi yilda ham shuncha so‘zni o‘zlashtirishlari mo‘ljallangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatishda har bir mashg‘ulotda o‘rta hisobda to‘rtta yangi so‘z bilan tanishtiriladi. Bu miqdor turli omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Avvalo, so‘zlarni esda saqlab qolishni tashkil etish metodikasi hamda o‘rganilayotgan yangi so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro farqlarini o‘zlashtirish zarur. Yangi so‘zlar ustida ish olib borish bir necha bosqichdan iborat: yangi so‘zlarni lug‘at tarkibiga kiritish; ularni faollashtirish; qancha so‘zlarning o‘zlashtirilganini aniqlash; bog‘lanishli nutqda ishlata olish; turli nutq qurilmalarida so‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish. Yangi so‘zlar ko‘rgazmali qurollar, atrofdagi aniq predmetlar, buyumlar, suratlardan keng foydalanish asosida o‘rgatiladi. Ularni namoyish qilish jarayonida nomlari bir necha marta aniq qilib aytiladi. O‘qituvchidan so‘ng bolalar ham ikkiuch marta qaytaradilar. Shunday qilib, o‘zga tildagi yangi so‘zni eshitib qaytarish bilan birga shu so‘z orqali ifodalangan narsabuyumni ko‘radilar. Bola narsa-buyum bilan uning nomi orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zlashtirib bo‘lmaydigan so‘zlar (chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza) ona tilidagi tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi. 18 Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalarning bir-biriga qilgan iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug‘atiga kiritiladi. Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ularning passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish jarayonida bolalarning nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va hodisalar haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, sumalak, navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor berish zarur: - har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga o‘rgatish; - yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan izchillikda amalga oshirish; - bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli vaziyatda qo‘llash ehtiyojini uyg‘otish. Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling