Mustaqil ish mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishi olib borishning nazraiy asoslari


Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1720190
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHI OLIB BORISHNING NAZRAIY ASOSLARI

4..Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishi 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning tovush madaniyatini atrofdagi 
kishilar bilan muloqotda bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush 
madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan 
vaqtda to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz 
kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini 
tarbiyalash ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri talaffuz
etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va 


19 
chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, 
ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va 
tempi, xushohanglik) shakllantirishni o‘zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush 
madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va 
rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda
tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak: 
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini: eshituv 
diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash 
malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish. 
3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa 
nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. 
Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi. 
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini 
boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash. 
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni 
shakllantirish. 
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan 
talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash. 
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) 
asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish. 
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni 
so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham, 
sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari 
uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish. 
9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni mantiqiy pauza, urg‘u, 
xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, 
fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy 
buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, duduqlanish, 
ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish 


20 
va uning oldini olish, bolani mutaxassis – logopedga yuborishlari uchun zarurdir. 
“Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon etilgan vazifalar har 
bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon 
etilgan 
XULOSA 
1. Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug‘atlar dastlab 
maktablar uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari hisoblangan, ya’ni ilk lug‘at 
namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan. 
Keyinchalik lug‘atchilik rivoji bilan ularning qamrovi kengaygan. 
2. Bugungi zamonning murakkab manzarasi ta’lim oldida ham qator 
muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-barang va 
takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng 
qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumotni yetkazmasa, ko‘zlangan natijaga erishishi 
qiyin.
3. Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish oson 
kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv lug‘atchiligi 
tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi.
4. Ta’limiy maktab lug‘atlari o‘quvchining yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga mos 
tuzilib, e’tiborini o‘ziga jalb qila oladi, u kerakli ma’lumotni tez va qulay topish 
vositasi hisoblanadi. 
5. Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat 
yordamchisi, so‘z zahirasini boyitadigan manba, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz
so‘z tanlash mahoratini oshiradigan bebaho xazinadir. Lug‘at beradigan yordamni 
o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa kishisidan ham olishi mumkin, biroq 
ularning hech qaysisi bolaning lug‘atchalik boy doimiy hamrohi bo‘la olmaydi.
Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish, imlo, 
badiiy asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga o‘xshash 


21 
tilimizda mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman, nafaqat yozma
balki og‘zaki savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan hisoblanadi. O‘z va 
o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni ajratish (palata, palla, oqibat, 
rasta, banda, sandal, pilla va h.), ular orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lgan 
shakldosh-ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand, oqlamoq, 
bitmoq), talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-nufus, yod- 
6. yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash, 
juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-Damaz) 
va boshqa shu kabi topshiriqlarni bajarish samaradorligi o‘quvchining o‘z ona tilisi 
lug‘at boyligini qay darajada o‘zlashtirgani, o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan 
belgilanadi. Bunda esa unga axborot banklari – lug‘atlar yordamga keladi.



22 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling