Mustaqil ish mavzu: Menejmentni tashkil qilishning xorijiy tajribasi Rossiya misolida Guruh: 924-20 Bajardi: Abdujabborov Ilyos Jizzax 2022 Mundarija: Kirish
Download 171 Kb.
|
Menejmentni tashkil qilish Rossiya misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jizzax_2022 Mundarija: Kirish 1.Rossiyada menejmentning rivojlanish tarixi 2.Rossiya menejmenti va uning oziga xos xususiyatlari
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar royxati KIRISH
MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI OZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI PSIXOLOGIYA FAKULTETI IQTISODIYOT YONALISHI MENEJMENT VA MARKETING FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Menejmentni tashkil qilishning xorijiy tajribasi Rossiya misolida Guruh: 924-20 Bajardi: Abdujabborov Ilyos Jizzax_2022 Mundarija: Kirish 1.Rossiyada menejmentning rivojlanish tarixi 2.Rossiya menejmenti va uning oziga xos xususiyatlari 3.Rossiyada zamonaviy menejment muammolari 4.Rossiyadagi boshqaruv va uning Yapon va Amerika boshqaruv modellariga bolgan potentsiallari 5.Rossiya sanoat menejmenti Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar royxati KIRISH «Menejment», «Menejer» sozlari hozirgi paytda nafaqat ish, balki kundalik hayotda ham keng qollanilib, bozor iqtisodiyoti- ga otishda davlatning iqtisodiy osishining zamonaviy tenden- siyalarini aks ettiradi. «Management» ingliz tilidagi soz bolib, rus tiliga boshqaruv, tashkil etish, rahbarlik qilish deb tarjima qilinadi. Shunday qilib menejment boshqarish, yani u yoki bu faoliyatni iqtisod, moliya va boshqarish tashkilot yoki rahbariyat tomonidan bosh- qarish manosini anglatadi. Ilmiy adabiyotda menejment tushun- chasiga bir necha tariflar mavjud. Ulardan 3 tasini keltirib otamiz: tashkilotda ishlayotgan odamlar vositaligida tashkilot maqsadlariga erishish; faoliyatning maxsus turi bolib, tashkil etilmagan todani samarali, maqsadli ishlab chiqaruvchi guruhga (tashkilotga) aylantiradi; mehnat va material resurslar vositachiligi orqali tashkilot maqsadlariga erishish uchun rejalashtirish, tashkil etish, rah- bariyat va nazorat jarayonlaridir. Bu tariflar har xil bolishiga qaramasdan, ular 3 ta umumiy xususiyatga ega: boshqaruvda malum bir maqsad mavjudligini korsatadi; bu faoliyat turi maxsus intellektual xarakteri bilan farq- lanadi; tashkilotda boshqaruv orni mavjudligi togrisida dalolat beradi. Menejment, boshqaruv tushunchasini anglatib, mamuriy buyruq iqtisodiyotiga xos boshqaruvidan ancha farq qiladi: Birinchi farqi — menejment bozor iqtisodiyotiga xosdir. Ikkinchi farqi — menejment — bu boshqaruvning iqtisodiy usuli. Uchinchi farqi menejment bu samarali boshqaruv ilmi va sanati. Ushbu tushunchalar bogliqligini korib chiqamiz: Biznes — tadbirkorlik menejmenti. Menejment rahbar — mutaxassislarning maxsus faoliyati deb tushuniladi. Qoida boyicha menejer — bu xojayin tomonidan mehnat- ga haq tolanadigan xodimdir. Menejer bu har qanday dara- jadagi tashkilot xodimi, u odamlar kuchini tashkilot maqsadlariga erishishida ishlata oladi. Agar odamlar guruhi birgalikda faoliyat korsatsa, guruhda menejer mavjud boladi. Kopgina hollarda kichik biznesda tadbirkor ham xojayin, ham menejer funksiyalarini bajaradi. Va aksincha, korporatsiyalarda, yirik fir- malarda menejer boshqaruv darajasi korpusi oz vaqtda qisman mulkdordir. Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi. Ayrim tadqiqotlar menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash. Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Masalan, XX asrning 50—60-yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi. XX asrning oʻrtalariga kelib menejment Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy ilmiy tadqiqot ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos boʻldi. XX asr oxiri XXI asr boshlarida menejment Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻqitila boshladi, menejmentga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, darsliklar yozildi. Xorijiy menejment monopolistik kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishiga, unga xos bo’lgan boshqaruv mehnatining tarqalishiga, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga ehtiyoj osishi yuz berdi. Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yonalishi «klassik» (ananaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pogonasining barcha darajalarini - AQShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bolgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni qolladi. Uning «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini mamuriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish boyicha adabiyotlarning katta toplamiga asos soldi. Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib korsatishga harakat qilgan. U tomonidan ishlangan sxemada olda-jolda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir narsa oldindan oylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldindan aniq belgilangan bolishi aks ettirilgan. XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistiq ishlab chiqarish ehtiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular boshqarishning sotsiologik va psixologik jihatlariga etibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling