Mustaqil ish mavzu: Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash


Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash


Download 286.61 Kb.
bet3/6
Sana29.04.2023
Hajmi286.61 Kb.
#1400267
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya ON

Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash

  • Jahon amaliyoti investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash usullari ancha oldin ishlab chiqarilganligi va ularning iqtisodiy hayotda keng qo'llanilayotganllgini tasdiqlaydi. Mazkur usullar har qanday investitsiya loyihasining daromadliligini, samaradorligini, foydaliligini hamda ularning jalb etuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin ayrim hollarda, investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullami qo'llash zaruriyati tug'ilmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo'llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o’ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.

Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash

  • Diskontlash murakkab (oddiy) foizlarni teskari hisoblanish jarayoni hisoblanadi. Bunda murakkab foizlar foiz stavkalarining hisoblanishi yordamida kreditning boshlang’ich summasining joriy davrdan kelgusi davrga o’sib borishini ta’minlaydi, diskontlash - kelgusi pul mablag’larini joriy vaqtga keltirish bilan baholashdir.
  • Diskont stavkasi kapital bozoridagi uzoq muddatli summalar bo’yicha to’lanadigan haqiqiy foiz stavkasidan kichik bo’lishi kerak emas, deb hisoblanadi. U barcha holatlarda investitsiyalarning foydaliligini tavsiflashi va investorning o’z kapitalini boshqa joyga qo’yib olishi mumkin bo’lgan foydani aks ettirishi lozim. Diskont stavkasi investorning o’zi uchun befoyda, deb hisoblagan me’yordan yuqori bo’lishi lozim.

Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash

  • Real diskont stavkasi - bu pul oqimlari real baholarda keltirilganda qo’llaniladigan diskontlash stavkasidir. Real baho – bu tovarlar narxlarining narxning o’rtacha darajasiga nisbatidir; u shuningdek doimiy birlikdagi narx, deb ham ataladi. “Nominal diskont stavkasi – bu inflyatsiya inobatga olinib hisoblangan diskont stavkadir”.
  • Masalan, agar biz bankka yillik 10% daromad stavkasi ostida 100 so’m pul qo’ysak, u holda bir yildan so’ng kiritilgan summa (FV - kiritilgan summa) FV1 =100+100x0,10=110 yoki 100x(1+0,10)=110 so’mni tashkil etadi. Agar bankdagi pul qaytarib olinmasa ikkinchi yil yakuniy summa quyidagini tashkil qiladi.
  • FV2=(100x(1+0,10}x(1+0,10)= 100x(1+0,10)2 = 100x1,21= 121 so’m.

Download 286.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling