Mustaqil ish mavzu: Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash


Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash


Download 286.61 Kb.
bet5/6
Sana29.04.2023
Hajmi286.61 Kb.
#1400267
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya ON

Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash

  • 1.Diskontlash kontseptsiyasidan foydalanishni nazarda tutmaydigan usullar: investitsiyalarning qoplanish davrini hisoblash usuli; investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligini aniqlash usuli.
  • 2. Pul oqimini diskontlashtirish asosida baholash usullari: sof joriy qiymatni aniqlash usuli; investitsiyalar rentabelligini hisoblash usuli; foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli; diskonlashtirilgan qoplash muddati usuli.

Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash

  • Har qanday loyihaning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan baholanish pul oqimlari haqidagi ma’lumotlarga asoslangan. Pul oqimlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo'lmasdan turib, investitsiya loyihasining samaradorligini baholash mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, pul oqimlari haqidagi anniq ma’lumotlarni yig’ish juda muhim vazifa hisoblanadi.

Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash

  • Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, put oqimlari haqidagi ma'lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o'rinni egallaydi. Chunki ushbu jarayon investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli pul oqimlarini rejalashtirishda turli xil risklarni hisobga olish lozim. Masalan sotish rejasida yoki ishlab chiqarish va xarajatlar rejasida biror-bir xatoliklarga yo'l qo'yilsa, u holda pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar rejasi noto'g'ri ko’rinishga ega bo'ladi. Bu hol loyihaning samarasizligiga sabab bo'lishi mumkin.

Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash

  • Odatda, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda, ko'proq, pul tushumlariga katta e'tibor beriladi. Lekin aslida pul tushumlarining yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lishini ta'minlashda pul chiqimlarining, iqtisod qilingan xarajatlarining kutilmagan hisobi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun pul oqimlarining kirim va chiqimlariga ta’sir etuvchi barcha omillarni oldindan hisobga olgan holda rejalashtirish loyihaning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga katta yordam beradi.

Download 286.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling