- Bu jamg’arishni ko’paytirish modeli quyidagi formulaga ega bo’lgan murakkab foizlar kabi bizga ma’lum:
- FV = PV (1+k)n
- bu erda, FV – (future value) biz bugun investitsiya qilgan va bizni qiziqtirgan pul “to’laydigan” davrdan so’nggi o’sha summaning tahmin qiladigan kelgusi davr qiymati; (PV – present value) kelgusida daromad olish uchun biz investitsiya qiladigan summaning joriy qiymati; k – investitsiyaning daromadlilik miqdori; n - investitsiya tijorat oborotida daromad “ishlab topgan” holda ishtirok etadigan vaqt oralig’i, davr soni.
Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash - Diskontlashning ikkinchi ko’rinishi bo’lib, pul qiymatining teskari hisoblanishi, ya’ni kelgusida muayyan summani olish uchun bugun qancha investitsiyalash lozimligini aniqlash hisoblanadi.
- Joriy investitsiya qilingan mablag’larning kelgusi qiymatini hisoblash jarayoni diskontlash deb nomlanuvchi moliyaviy hisoblanishlarning asosiy turining turli ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Bunday yondashishning iqtisodiy mantig’i huddi kelgusisda muayyan belgilangan katta miqdordagi summani olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun bugun biz to’lashga tayyor bo’lgan shunday summani topishga o’rinish kabi tushuntirilishi mumkin. Keltirilgan diskontlangan qiymat – bu kelgusidagi kutilayotgan pul oqimlarning joriy qiymatidir.
Pul oqimlarini diskontlash asosida investitsiyalash - Real foiz stavkasi o’zida kutilayotgan inflyatsiya tempini hisobga olgandagi nominal stavkani aks ettiradi.
- Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va asoslashda o’tkaziladigan hisoblashlarning asosi bo’lib, bugun sarflanishi lozim bo’lgan xarajatlarni va kelgusida olinishi mumkin bo’lgan pul tushumlarini taqqoslash hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilishga annuitetni joriy (hozirgi) qiymaytini aniqlash yordam beradi. Ushbu asosga ko’ra, biz, bugungi qo’yilgan mablag’lar ertangi foyda bilan qanchalik qoplanishini etarlicha aniq tasavvur qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |