Mustaqil ish mavzu: Pulning nominallik nazariyasi
Pulning miqdoriy nazariyasi
Download 29.4 Kb.
|
Mustaqil ish Pul va Banklar 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdoriy nazariya pulning qiymati va mos ravishda tovar narxlari darajasini pul miqdorining olchami bilan izohlaydi
2. Pulning miqdoriy nazariyasi
Erkin raqobat kapitalizmi davrida (XVIII-XIX asrlar) ustunlik qilgan «qadriyatli to‘r» konsepsiyasi pulning miqdoriy nazariyasida eng yorqin ifodasini topgan. Bu nazariyaga ko‘ra muomaladagi to'lov vositalari miqdorining o'zgarishi tovarlar narxi darajasiga bevosita va proporsional ta’sir ko‘rsatadi. Pul munosabatlari real (moddiy-buyum) jarayonlar uchun «to‘r» bo‘lib xizmat ko!rsatadi va iqtisodiy rivojlanishga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi. Keyinchalik pulning miqdoriy nazariyasi bozor iqtisodiyotining ichki koordinatsiyasi, uning narx dinamikasi va raqobat mexanizmi asosida o‘zini-o‘zi samarali tartibga solish qobiliyati haqidagi g‘oya tarafdori bo'lgan neoklassik konsepsiyaning muhim bir qismiga aylandi. Miqdoriy nazariya pulning qiymati va mos ravishda tovar narxlari darajasini pul miqdorining o'lchami bilan izohlaydi: muomalada pul qanchalik ko‘p bo‘lsa, narx shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Bu qonuniyat qog‘oz pullarga ham, metall pullarga ham taalluqli. Bu nazariyaning ilk namoyondalari Sp.L. Monteske va D.Yum (XVIII asr o'rtalari) bu qonuniyatlami XVI—XVII asrlarda Yevropa boshidan kechirgan «narx inqilobi»dan ozod qildi. Bu nazariyadan oltin va kumush to‘plash millatni boy qiladi degan fikr tarafdori bo‘lgan merkantilistlarni tanqid qilish uchun foydalanilgan. Pulning miqdoriy nazariyasi tarafdorlarining fikriga ko‘ra bunday jamg‘arish natijasida qimmatbaho metall qadrsizlanadi va tovarlar narxi o‘sadi. Millatning haqiqiy boyligi oltin va kumushning jonsiz to‘plamida emas, balki manufakturalar yaratish va ularda jonli mehnatni qo‘llashdan iborat. Miqdoriy pul nazariyasining XVIII asrdagi yorqin namoyondasi D. Rikardodir. Shuni ta’kidlash lozimki, uning qarashlari ikki tomonlama tavsifga ega bo‘ldi: bir tomondan, u pulning qiymati ularni ishlab chiqarishga mehnat sarflari bilan aniqlanishini tan olgan, ikkinchi tomondan esa alohida davrlarda pul birligining qiymati pul miqdori o'zgarishlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi, deb hisoblagan. D. Rikardo pul ham tovar hisoblanadi va o‘z qiymatiga ega bo‘ladi, pulning qiymati uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatning miqdori bilan aniqlanadi, deb to‘g‘ri fikr bildiradi. Biroq u pulning alohida tovar ekanligini ko‘ra bilmaydi. U pulning nisbiy qiymati talab va taklif ta’sirida istalgan tovarning nisbiy qiymati singari o‘zgaradi, deb hisoblaydi. Pul alohida umumiy tovar bo'lgani uchun talab buyumi ham, taklif buyumi ham bo‘la olmasligini tushunmaydi. Rikardo pulni faqat muomala vositasi sifatidagi vazifasida ko‘radi, boylik to‘plash vositasi sifatidagi vazifasini esa yo'qqa chiqaradi. Uning fikricha, pul muomalasi sohasining pul bilan ortiqcha to‘ldirilishi tufayli uning qadrsizlanishi imkoniyati vujudga keladi. U qog'oz pul muomalasi qonuni bilan metall pul muomalasi qonunlarining farqiga bormaydi. Pulning miqdoriy nazariyasi tarafdorlari nafaqat pulning qiymat olchovi sifatidagi funksiyalarini, balki metall muomaladagi pul miqdorini tartibga soluvchi xazina sifatidagi funksiyasini ham inkor qiladilar. Pulning miqdoriy nazariyasi nafaqat metall, balki qog‘oz pullarga nisbatan ham asossiz, chunki ularning muomalada bo'lish qonuniyatlari faqat ular qiymatining mehnat nazariyasi asosida ochib berilishi mumkin. Yuqoridagi nazariyalarni umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi bilan vujudga kelgan. Yuqorida keltirflgan nazariyalarning kamchiliklarini qisqa qilib tushuntiradigan bo‘lsak, pulning alohida tovar sifatidagi mohiyatini hech bir nazariya to‘g‘ri va batafsil yoritmaganligini ta’kidlab ko'rsatish mumkin. Natijada metallistlar pulning nima uchun qimmatbaho boylik ekanligini, uning tub negizida nima yotishini tushunib yetishmagan, pulning mohiyatini yuzaki namoyon bo‘lish shakllarida ko'rishgan. Nominalistlar bo‘lsa, qog‘oz pullarni inkor etmagani holda nima uchun ularning qimmatli ekanligini izohlab bera olmadilar, ular ham metallistlar kabi pulni yuzaki tushunib, davlat tomonidan chiqarilgan pul faqat shartli belgi va hisob birliklarinigina ifodalaydi, deb ko‘rsatishadi. Yuqorida ko‘rsatganimizdek, klassiklar ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu maxsus xususiyati ajratib turishini tushuntirib bera olmadi. Hozirgi davrda, shu kunlarda ham oltin pul mazmuni bilan qog‘oz pul mazmunini bir xil deb qarovchilar juda ko'pdir. Zamonaviy sharoitlarda pulning miqdoriy nazariyasi juda keng qo‘llanilmoqda. G ‘arb mamlakatlarining iqtisodchilari va ishbilarmon doiralar vakillari uni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, pul muomalasi va butun sanoat sikliga ta’sir uchun ko'rsatma sifatida ko‘rib chiqadilar. Aynan pul massasini tartibga solishda tovarlar narx darajasi va xo‘jalik faolligi holatiga ta’sir usuli ko‘zda tutiladi. Ushbu ta’sir usullarini ishab chiqqan Dj.M. Keyns pulning miqdoriy nazariyasini konyunktura nazariyasi bilan bog‘lash zarurhgini ko‘rsatgan. Muomala sohasi orqali sanoat sikli harakatiga ta’sirini Keyns va uning izdoshlari quyidagi tarzda belgilagan. Muomaladagi pul massasi va kredit resurslari hajmining o'sishi ortidan iqtisodiyotning jonlanishi, foyda va bandlikning o‘sishi keladi. Bunday jonlanishga bank foizining pasayishi xizmat qilishi mumkin, u kreditga talab va investitsiyalarni, shuningdek, taqchillikni moliyalashtirishni, ya’ni u yoki bu tovarlarga hukumat talabini kengaytirishni rag‘batlantiradi. Hukumat xarajatlari, pul muomalasi hajmini oshirib, iqtisodiyotning jonlanishiga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Keyns nazariyasi tarafdorlari miqdoriy nazariyaning yangi variantini — ortiqcha talab nazariyasini ilgari surdilar, unga muvofiq inflatsiya sababi pul massasi va hukumat xarajatlarining o‘sishida emas, balki aholining ortiqcha talabi o‘sishida («ortiqcha talab»ning paydo bo‘lishida) yotadi. Ular shu ortiqcha talabni soliqlami oshirish, zayomlar chiqarish, ish haqini muzlatib qo‘yish, shuningdek, majburiy jamg‘armalar yordamida qisqartirishni taklif qiladilar. Ortiqcha talabga qarshi kurash g‘arb mamlakatlarida keng qo'llanilgan. Ortiqcha talabni yo‘qotishning turli usullari keng qo‘llangan, masalan, Buyuk Britaniyada 1967-yilning kuzida funt sterling devalvatsiyasidan so‘ng o‘tkazilgan. Biroq miqdoriy pul nazariyasi retseptlari kapitalistik dunyoda chuqur valuta inqirozi va inflatsiyaning o‘sishiga to‘sqinlik qila olmadi. Download 29.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling