Mustaqil ish natijalari
- talabalarning ta’lim jarayonini tashkil etishga innovatsion yondashuv hamda pedagogik tajribani qo’llashga doir qobiliyatlari rivojlantiriladi.
- DTSga asosan ta’lim sifatini ta’minlashga bo’lgan jarayon va uning natijalarini tahlil qilish ko’nikmalari shakllanadi.
- turli ta’lim muassasalarining turli o’quv-tarbiya bosqichida zamonaviy texnologiyalar hamda metodikalarni qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladilar;
- bashoratlash, tashxislash, loyihalash, modellashtirish ko’nikmalari hosil bo’ladi.
17) DARSDAN TAShQARI MAShG’ULOTLARNING METODIK IShLANMASINI TUZISh
Mustaqil ish maqsadi: talabalarning kasbiy-pedagogik kompetentsiyalari rivojlantiriladi.
Tadbir - biron-bir tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda jamoaning tashkillashtirilgan faoliyati.
Sinfdan tashqari tadbirlar (tarbiyaviy) – ma’lum tarbiyaviy vazifalarni echishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikka asoslangan faoliyat.
Topshiriq variantlari:
- o’rganilayotgan predmetga barqaror qiziqishni hosil qilishga yo’naltirilgan sinfdan tashqari tadbirning metodik ishlanmasini tuzish;
Topshiriqni bajarish:
1. Tayyorgarlik qismi:
- tadbirning maqsadi va vazifalarini belgilash;
- tadbirning mazmuni, o’quvchilarning yoshi, an’analar, texnik imkoniyatlarga asosan tarbiyaviy vazifalarning turi, shakli va metodlarini tanlash;
- tadbir mavzusidan kelib chiqgan holda mutaxassislar, tegishli mutassadi tashkilotlar xodimlarini jalb etish;
- darsdan tashqari tadbir ishlanmasini tuzish uchun adabiyotlarni tanlash.
2. Tashkiliy qism:
- mazmunli tematik materialni tanlash;
-tadbirni tashkil etish metodlarini tanlash;
-didaktik vositalardan foydalanish yo’llarini aniqlash (testlar, anketa, videolavha, o’yin faoliyati va b.);
- belgilangan maqsad asosida tadbirni samarali tashkil etish mantiqini tuzish;
- tadbirni o’tkazish joyi va vaqti davomiyligini hisobga olish;
-tadbirni tashkil etish maqsadida o’tkazish joyi (klub, xona, sahna va x.k.z)ni ko’rgazmali-bezash ;
- reja-konspektni tuzish;
Talabalar uchun sinfdan tashqari tadbirlarni tahlil qilish sxemasi
- tadbirning nomi.
-tadbirni o’tkazish joyi va vaqti.
- sinf(guruh) tavsifnomasi: o’g’il bolalar va qizlar soni, ularning qiziqishlari va x.k.z.
-tashkil etiladigan faoliyat turi;
-tadbirning maqsadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |