Topshiriq variantlari:
- tushunchalar o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ko’rgazmali shaklda taqdim etish;
-matndagi tushunchalar yoki kategoriyalar shaklida ifodalangan tizim elementlari orasidagi funktsional bog’liqliklarni aniqlash;
Topshiriqni bajarish:
1) mazkur bo’lim(mavzu)da o’rganilgan asosiy tushunchalarni ajratish;
2) tushunchalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlash;
3)tuzilgan graf-sxema orqali tushunchalar orasidagi o’zaro bog’liqlik bo’yicha misollar keltirish
Mustaqil ish natijalari
- talabalar shaxsiy kreativ qobiliyatlarini namoyon qilgan holda tadqiqotchilik vazifalarini bajarish bo’yicha original qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini namoyon qiladilar.
-mavzuning asosiy tushunchalari va qismlari orasidagi bog’liqlik haqida tassavurlarga ega bo’ladilar.
O’QUV MAShG’ULOTINING METODIK IShLANMASINI TUZISh
Mustaqil ish maqsadi: talabalarning kasbiy-pedagogik kompetentsiyalarini rivojlantirish.
O’quv mashg’ulotining metodik ishlanmasi - ta’lim jarayonini tashkil etish va mazmunining mohiyatini yorituvchi xujjat hisoblanadi.
Topshiriq variantlari:
-yangi bilimlarni shakllantirish darsi reja-konspektini tuzish (pedagogik amaliyot);
- seminar mashg’ulotining metodik ishlanmasini ishlab chiqish (ilmiy-pedagogik amaliyot).
Topshiriqni bajarish:
1) mashg’ulotning mavzusi, uning o’rganilayotgan bo’limdagi o’rni, shaklini aniqlash maqsadida fanning ishchi dasturi yoki kalendar-tematik reja bilan ishlash;
2) ta’lim natijalari asosida shakllantiriladigan kompetentsiya bilan bog’liq o’quvchilarga ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini aniqlash
3) o’quv mashg’uloti vazifalarini rejalashtirish va aniqlashtirish;
4) mashg’ulotning optimal o’quv materiali mazmunini tanlash;
5) tanlangan o’quv materiali mazmunini didaktik asoslash, ya’ni mashg’ulotda qaysi o’quv materiali, qaysi hajmda va qaysi shaklda ishlatilishini aniqlash;
6) mashg’ulot o’quv materialining fan ichida va fanlararo aloqadorligini aniqlash;
7) mashg’ulotning didaktik vositalarini to’plash(sxema, jadvallar, kartochkalar, rasmlar, foto va videolavhalar va x.k.z.);
8) mashg’ulotning shakli, turi, didaktik maqsadlaridan kelib chiqgan holda tuzilishini aniqlash;
9) mashg’ulotning har bir bosqichi uchun didaktik vazifalarni belgilash;
10) mashg’ulotning texnologik xaritasini ishlab chiqish;
11) mashg’ulotning reja-konspektini taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |