Maqsadiga ko’ra multimedia taqdimotlari:
- o’qitish maqsadlari mohiyatini yoritishga xizmat qiladigan;
- o’quv yoki ilmiy-tadqiqot loyihasini taqdimoti;
- o’qitish jarayonining axborot ta’minotini ta’minlovchi taqdimot;
- hisobot-taqdimot prezentatsiya-otchet
Topshiriqni bajarish:
1. Loyihalash bosqichi:
- taqdimotdan foydalanish maqsadlarini belgilash;
- zarur materiallarni to’plash(matnlar, rasmlar, sxemalar, diagrammalar va x.k.z)
- materialni taqdim etish mantiqi va tuzilishini shakllantirish;
- to’plangan material uchun maxsus jild tuzish;
2. Tayyorlash bosqichi:
- kompyuterda MS Power Pointdasturini tanlash;
- slaydning dizaynini aniqlash;
-to’plangan ko’rgazmali hamda matnli axborotlarni slaydlarga joylashtirish;
-animatsiya effektlari hamda musiqiy jo’rlikni qo’shish (zarur bo’lgan holatlarda);
3. Yakuniy bosqich – tayyorlangan taqdimotni tekshirish hamda korrektsiyalash(tuzatish, qo’shimcha kiritish) hamda namoyish qilish davrini aniqlash.
Mustaqil ish natijalari
- kasbiy faoliyatning standart vazifalarini echish qobiliyatlarini takomillashtirish orqali talabalarning axborot madaniyatini yuksaltirilib, zamonaviy dasturlardan foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirilishiga erishiladi.
- to’plangan axborotlar va matreiallarni tahlil qilish, ularni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish, ularni etkaza olish qobiliyatlari rivojlanadi.
- talabalar shaxsiy kreativ qobiliyatlarini namoyon qilgan holda tadqiqotchilik vazifalarini bajarish bo’yicha original qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini namoyon qiladilar.
YIG’MA(UMUMLAShTIRUVChI) JADVALNI TUZISh
Mustaqil ish maqsadi: jadvallar tuzish orqali mavzuning alohida bo’limlari va tushunchalari orasidagi bog’liqlik mazmunini tushunish.
Topshiriq variantlari:
-matndagi tushunchalar yoki kategoriyalar shaklida ifodalangan tizim elementlari orasidagi funktsional bog’liqliklarni aniqlash;
-o’rganilayotgan mavzuda fanlararo bog’liqlikni aniqlash;
Jadvalni tuzish qoidalari:
1) javal ixcham va ko’rinishli bo’lishi lozim;
2) jadvalning nomi, bo’limlarining sarlavhasi aniq va puxta bayon qilinishi lozim;
3) jadvalda o’rganilayotgan ob’ekt va o’lchov birliklari aniq ko’rsatilgan bo’lishi lozim;
4) javdal bo’limlar va umumiy holatda yakunlangan bo’lishi kerak.
8) katta javallarni o’qish va tahlili qilish oson bo’lishi uchun har 5 qatordan so’ng joy tashlanishi tavsiya etiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |