Mustaqil ish mavzu: Tabiatshunoslik darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid 10 ta maqolani o‘rganish va tahlil qilish. Bajardi


Tabiatshunoslik o‘qitishda mustaqil darslik ilmiy ommabop maqolalar


Download 59.05 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi59.05 Kb.
#1747402
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish 11

Tabiatshunoslik o‘qitishda mustaqil darslik ilmiy ommabop maqolalar.
Pedagogik texnologiya tamoyillari. Asosiy tamoyil-pedagogik texnologiyaning O'zbekiston Respublikasida ta'limning uchta turi umumiy o'rta. o'rta maxsus, kasbhunar va oliy ta'lim uchun yaratilgan va amaliyotga joriy etilayotgan davlat ta'lim standartlari hamda ta'limning boshqa turlari uchun tegishli davlat dasturlari va talablarini bajarishga yo'g'rilganligidir. Pedagogik texnologiya tamoyillarining manbalari ijtimoiy-ma'naviy o'zgarishlar, yangi pedagogik- psixologik evrilishlar, pedagogika-psixologiya va barcha turdagi fanlarning integrativ va differensiativ rivojlanishi, dunyo pedagogikasi va milliy (mahalliy) pedagogikaning boy va ilg'or tajribasi, etnopedagogika(xalq pedagogikasi)ning tarixiy va zamonaviy merosidan kelib chiqadi. Pirovard natijada, pedagogik texnologiya pedagogikaning asosiy («oltin») qoidasini bajarishga, ya'ni ta'lim va tarbiyaning birligini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda izchillik, maqsadlilik, umumiylik kabi tamoyillar bilan bir qatorda pedagogik texnologiyaning ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik. pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy- me'yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy va amaliy asoslari ham baravariga qatnashadi. O'qituvchi va o'quvchining munosabatiga daxldor tamoyillarning amal qilishi esa o'quv jarayonining sifat va samaradorligini ta'minlashning qudratli omilidir. Pedagogik texnologiyaning barcha tamoyillari o'zaro aloqadorlikda va bir-birini taqozo etgan holda amal qiladilar. Pedagogik texnologiyaning o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni desa bo'ladi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi bo'lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, novator o'qituvchilar tajribasi, ta'lim metodlari, tarbiya metodlari kabi tushunchalarni qamrab olishi bilan birgalikda ta'lim jarayonida oldinga qo'yilgan maqsadga erishishning yo'li, o'ziga xos instrumentariy bo'lib hisoblanadi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi o'zaro bog'liq bo'lishi bilan birga farq qiluvclii tomonlari ham mavjud. Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayonining hamma sohalarini qamrab oluvchi yaxlit tizim bo'lsa, o'qitish texnologiyasi ma'lum fanlarni hozirgi didaktik talablar asosida o'qitishning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ularning o'zaro bog'liqligi «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlarida o'z ifodasini topgan. 1. Yangi pedagogik texnologiyaning metodik asoslari davlat ta’lim standartlari bo'lib hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida talaba (o'quvchi) egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mezoni belgilab berilgan. Bilim, ko'nikma va malakalar DTS talablaridan past bo'lmasligi kerak. 2. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining maqsadi bitta- ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishdan iborat. Bu maqsad- davlat ta’lim standartlarining bosh talabidir. Ta’lim jarayonidagi har bir texnologiya, berilgan topshiriqlar o'quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday vaziyat yaratish kerakki, o'quvchi (talaba) o'z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uyg'onsin. 3. Har bir mashg'ulotda beriladigan topshiriqlar umumiy vaqtning 20-25% ini egallasin, o'quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi esa vaqtning 70-80% miqdoriga to'g'ri kelsin. O'quvchi ko'proq amaliy bilimlarni egallasin va undan nazariy xulosalar chiqara olsin. 4. O'qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tanlash va o'rganishga katta ahamiyat berish, bilim olishning bahs-munozara asosida amalga oshishini ta'minlash. 5. O'qitish usuli-texnologiyasi yangi pedagogik texnologiyalarning asosi bo'lib hisoblanadi. 6. Ta’lim jarayonida darslarni bahs-munozara, seminar, o'yinlar, disputlar, quvnoqlar va zukkolar musobaqasi tarzida va har xil teatrlashgan vaziyatlar shaklida tashkil etish, ya'ni ta'limda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish lozim. 7. Ta'lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib, rivojlantirib borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining uzviyligini ta'minlovchi - lokal (bitta yo'nalish) holatining samara berishiga olib keladi. Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta'limni texnologiyalashtirish oldiga bir qator vazifalar qo'yilgan. Har bir dars ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko'zda tutib amalga oshiriladi. O'quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish faoliyati kabi o'ziga xos texnologik vazifalar mavjud: 1. Motivatsiya - o'quvchilar diqqatini tortish, ichki tuyg'u-istak, zaruratni shakllantirishdir. O'quv jarayonida o'quvchi va o'qituvchi uchun ham asosiy harakatlantiruvchi kuch-ichki motivatsiya bo'lishi kerak. 2. Bilish faoliyatida e'tiborni asosan quyidagilarga qarata borish kerak: o'quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta o'zlashtirish istagini paydo qilish, zarur malaka va ko'nikmalarni hosil qilishga moyillik tug'dirish, tafakkur rivojiga jiddiy e'tibor qaratish va h.k.. Boshqarish faoliyat ining vazifalari berilayotgan bilim, ko'nikma va malakalar ta’limini tashkil etish bilan bog'liqdir. Darsda qo'llanilayotgan texnologiyalarga ularning monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho beriladi. Pedagogik innovatsiya-ta'limga yangiliklarni kiritishdir. Boshqarishda pedagogik innovatsiyaga rioya qilmoq zarur. Pedagogik texnologiya esa dinamik jarayonlarning in'ikosi sifatida rivojlanadi, takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi. 2. Bob. Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishishning shakl va usullari. 2.1. O’qish darslarida "Kеys" tеxnologiyasidan foydalanish yo’llari. Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi. Bugungi kundaturli tipdagi ta'lim muassasalarida amalgam oshirilayotgan ta'limning o'rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta'lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta'lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta'lim natijalarining jamiyat hayotiga ko'rsatadigan ta'sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak, shundagina o'quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o'quv-metodik majmualar tajriba- sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta'lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta'lim natijasining sifat ko'rsatkichlari, ta'lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta'lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta'limning taraqqiyotiga to'sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O'tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog'liq tarzda o'quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo'llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdini etilishi zarur. Agar o'quv dasturi tajribadan o'tkazilayotgan bo'lsa. kuzatilayotgan ta'lim jarayonini, ya'ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko'rgazmali qurollar, o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo'llaganligiga emas, balki o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi. tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi.

XULOSA
Yurtimizda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini kamol toptirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Jismoniy tarbiya va sport insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy vositalardan hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport darslarini samaradorligini ta’minlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy KIRISH 4 sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Hozirda ayniqsa, bolalarni go‘daklikdan boshlab ommaviy va mustaqil jismoniy mashg‘ulotlarga keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog‘lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo‘lib o‘sishlariga jiddiy e’tibor berish juda zarur. Ushbu darslikda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti, asosiy tushinchalari, maqsadi va vazifalari hamda jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari, jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish, jismoniy tarbiya va sport darslarida pedagogik nazorat: xronometraj pulsometriya, pedagogik tahlil etish haqida ma’lumotlar berilgan. Darslik 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan.



Download 59.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling