Mustaqil ish. Mavzu: Termodinamikaning ii-qonuni


Download 6.75 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi6.75 Kb.
#1173104
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish. Mavzu Termodinamikaning ii-qonuni-fayllar.org


Mustaqil ish. Mavzu: Termodinamikaning ii-qonuni

MUSTAQIL ISH.

Mavzu: Termodinamikaning II-qonuni.

Tayyorladi: Abdusalomov A.TVL-2.

Qabul qildi: Yunusov A.

Reja:


  • Termodinamikaning 2-qonuni ta’rifi.

  • Karno sikli va Karno-klauzius nazariyasi.

  • Real issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti.

  • Entropiya va Entalpiya.

Termodinamikaning ikkinchi qonuni tabiatda bo’layotgan jarayonlarning o’tish yo’nalishini va tavsifini aniqlab beradi.


  • Plank ta’rifi: “Birdan-bir natijasi issiqlikni ishga aylantiradigan davriy jarayonni amalga oshirib bo’lmaydi”. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, T1 haroratda isitkich va mashninaning silindirida ishchi jism (gaz) berilgan bo’lsin . Ishchi jismga isitkich bergan Q1 issiqlik hisobiga A ish bajariladi, ya’ni Q1 issiqlikning hammasi A ishga sarf bo’ladi. Plank ta’rifiga binoan yuqorida aytilgan jarayonni amalga oshirib bo’lmaydi. Agar ishchi jism isitkichdan olgan issiqlik Q1 ni faqat bir qismini ishga aylantiradigan va qolgan qismini (Q2) sovitikichga uzatadigan davriy jarayonni amalga oshirish mumkin. Bu real jarayonda Q2 issiqlik miqdori ishchi jismning siqilish jarayonida, ya’ni ishchi jism boshlang’ich holatiga qaytishida pastroq haroratda T1>T2 bo’lgan sovitkichga uzatadi. Q2 issiqlik miqdorini qiymati yetarli darajada katta bo’lgani uchun issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti:

  • = hamma vaqt birdan kichik.

  • A

Klauzius ta’rifi. “Issiqlik sovuqroq jismdan issiqroq bo’lgan jismga o’z-o’zidan o’tmaydi”. Buni amalga oshirish uchun tashqi manba ish bajarishi kerak. Issiqlik miqdori hamma vaqt issiqroq jismdan sovuqroq jismga o’z-o’zidan o’tadi. Klauzius ta’rifi ham jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi.

  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling