Mustaqil ish. Mavzu: Termodinamikaning ii-qonuni


Download 6.75 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi6.75 Kb.
#1173104
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish. Mavzu Termodinamikaning ii-qonuni-fayllar.org

Klauzius ta’rifi. “Issiqlik sovuqroq jismdan issiqroq bo’lgan jismga o’z-o’zidan o’tmaydi”. Buni amalga oshirish uchun tashqi manba ish bajarishi kerak. Issiqlik miqdori hamma vaqt issiqroq jismdan sovuqroq jismga o’z-o’zidan o’tadi. Klauzius ta’rifi ham jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi.

  • Karno ta’rifi. “Ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti (F.I.K.) isitkich va sovitkich haroratlari bilan aniqlaniladi”. Karno sikli bo’yicha ishlayotgan issiqlik mashinasining F.I.K.

  • =

  • bu munosabat ham termodinamikaning ikkinchi qonunini ifodalaydi.

  • Kelvin ta’rifi: “Sistemani tashkil qilgan jismlarning harorati eng past b’lgan (sovuqroq) jism issiqligini ishga aylantiradigan issiqlik mashinasini qurish mumkin emas”. Masalan, Yer yuzidagi okeanlarda suv miqdori juda ko’p, agar shu suv havzasidan issiqlikni olish yo’li bilan uning haroratini 0,1 K pasaytira olsak, unda yer sharidagi mashina va dastgohlarni 1500 yil davomida harakatga keltirish mumkin.

    Karno sikli.


    • Karno sikli T1 haroratli issiqlik manbai va T2 haroratli sovitkich rezervuaridan iborat. Ular juda katta hajmda bo’lib, isitkichdan issiqlik olinganda va sovitkichga issiqlik berilganda ularning harorati deyarli o’zgarmaydi. Hamma jarayonlar kvazistatik muvozanat holatidan cheksiz kichik farq qiladigan holatda bosqichlab olib boriladi. Bular esa hamma jarayonni termodinamik qaytar ravishda olib borishni ta’minlaydi. Karno sikli aylanma jarayon bo’lib, jarayondan so’ng sistema va tashqi muhit o’zining oldingi holatiga qaytadi. Ikki rezervuar o’rtasida ishchi jism ideal gaz o’rnatilgan, gaz kengaygan, qisilganda porshen ideal holatda harakat qiladi.

    • Karno sikli

    • a) gazning izotermik kengayishi, AB izotermasi

    • b) gazning adiabatik kengayib, sovishi, BC adiabatasi

    • c) gazning izotermik siqilishi, SD izotermasi

    • d) gazning adiabatik siqilib isishi, DK adiabatasi

    Download 6.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling