Mustaqil ish mavzu: xalq demokratik partiyasi


Rivojlanishdagi ijtimoiy ustuvorlik – partiya siyosiy pozitsiyasining asosi


Download 43.22 Kb.
bet5/8
Sana09.06.2023
Hajmi43.22 Kb.
#1469660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
a

1. Rivojlanishdagi ijtimoiy ustuvorlik – partiya siyosiy pozitsiyasining asosi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi siyosatining asosiy ustuvorligi iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirishdir.
Bu ustuvor maqsadni amalga oshirishda O‘zbekistonni barqaror iqtisodiy rivojlanish orqali yaqin istiqbolda aholi turmush darajasi va sifati bo‘yicha dunyoning o‘rtacha rivojlangan mamlakatlaridan kam bo‘lmagan davlatlar qatoriga kiritish asosiy yo‘nalishdir.
2. Partiya siyosiy mafkurasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari. Ijtimoiy adolat va tenglik, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya partiya siyosiy mafkurasining asosiy qadriyatlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy adolat va tenglik deganda fuqarolarning huquq va imkoniyatlardan erkin foydalanishdagi tengligini, ijtimoiy va moddiy holatidan qat’i nazar qonun oldida barcha birday ma’sul ekanligini tushunadi. Tenglik va adolat barcha – iqtisodiy, gumanitar, madaniy jabhalarda mustahkam qaror topishi lozim, bu ijtimoiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikning asosiy shartidir. 
3. Partiyaning ijtimoiy ideali – ijtimoiy demokratik davlat barpo etishdir. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonda quyidagi mezonlarga javob beradigan ijtimoiy demokratik davlat qurishni o‘zining eng oliy maqsadi deb biladi:
Bu ustuvor yo‘nalishlarning amalga oshirilishi dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga mos ravishda munosib hayot kechirish, sifatli oliy ta’lim olish, kasbi bo‘yicha ishga joylashish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, barqaror rivojlanib borayotgan yurtda yashayotganidan O‘zbekistonning har bir fuqarosiga faxrlanish tuyg‘usini taqdim etadi.
Bu maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z oldiga quyidagi o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturiy vazifalarni qo‘yadi.
4. Rivojlanishdagi ijtimoiy ustuvorlik. 1. Aholining kam ta’minlangan qatlamlari, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush darajasini oshirish. 2. Kundalik iste’mol tovar va xizmatlar narxlarining ijtimoiy maqbulligini ta’minlash. 3. Uy-joy va kommunal xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlash. 4. Tibbiy xizmatning ijtimoiy maqbulligining ustuvorliklari. 5. Ta’limda ijtimoiy tenglik. 6. Madaniy-gumanitar sohadagi teng imkoniyatlarni ta’minlash.

Download 43.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling