Mustaqil ish mavzu: xalq demokratik partiyasi


Iqtisodiy siyosatining ustuvorliklari


Download 43.22 Kb.
bet6/8
Sana09.06.2023
Hajmi43.22 Kb.
#1469660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
a

5. Iqtisodiy siyosatining ustuvorliklari. Ijtimoiy iqtisodiyot – kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning asosidir
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ichki bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tovarlar bilan to‘ldirish barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biridir, deb hisoblaydi.
Shu maqsadda, partiya mahalliy hokimiyatlar darajasida hududlarning iste’mol tovarlarga ehtiyojini o‘rganish hamda aholining o‘sish tendensiyalarini hisobga olgan holda, iste’mol talabini rivojlantirish prognozini tayyorlash zarur, deb hisoblaydi. Bunda, tegishli hududlarda ishlab chiqariladigan mahsulot uchun zarur resurslar mavjudligiga e’tibor qaratish lozim.
Shu asosda kerakli tovarlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli va uzoq muddatli hududiy dasturlarni ishlab chiqish. Mazkur dasturlarni shahar va tumanlarda bandlik va ish o‘rinlari yaratishga doir hududiy dasturlar hamda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga muvofiqlashtirish zarur.
6. Davlat, jamiyat qurilishi va sud-huquq sohasida ijtimoiy tenglik hamda ijtimoiy demokratiya. Partiya mamlakatimizda ijtimoiy demokratiya tizimini shakllantirish tarafdori. Bu barcha, jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun davlat, jamiyat va sud-huquq sohasida tenglikni ta’minlash demakdir.
7. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash. Partiya axborot makonida mafkuraviy tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda ularga qarshi kurashish uchun jamiyatning ijtimoiy birlashishi muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi.
Partiya ushbu masalalarda o‘z vazifasini mafkuraviy immunitetni shakllantirish va mamlakatimizning milliy mustaqillik g‘oyalarini mustahkamlash bo‘yicha davlat va fuqarolik jamiyati institutlari olib borayotgan ishlarni izchil qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiradi.
Shu munosabat bilan, partiya oila institutini mustahkamlash va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishda o‘zining barcha tashkilotlarining yanada faol ishtirokini ta’minlashga intiladi.

Download 43.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling