Mustaqil ish mavzu: Xiva xonligi me’morchiligi
Download 7.71 Kb.
|
Mustaqil ish mavzu Xiva xonligi me’morchiligi-fayllar.org
Mustaqil ish mavzu: Xiva xonligi me’morchiligi MUSTAQIL ISHMavzu: Xiva xonligi me’morchiligiBajardi: Abduvaliyev HTekshirdi: Mahmatqulov IMavzu: Xiva xonligi me’morchiligiReja:Xiva xonligi shaharlari Xiva xonligi xo’jalik hayoti-yer egaligi, soliqlar, majburiyatlar Xiva me’morchiligi Ko‘xna Xorazm azaldan ilmu fan beshigi, fan va madaniyat, ma'naviyat va ma'rifat markazi bo‘lgan. Mustaqillik yillarida xalqimizning asl tarixini yoritish borasidagi tadqiqotlar, shonli va buyuk tariximiz haqida ko‘plab ma'lumotlar bera boshladi. Bugungi kun davr talabi tarix fani oldiga ham ulkan va yangi vazifalarni qo‘ymoqda. O‘rta Osiyo xalqlari tarixini chuqur o‘rganishga Xiva xonligi qadimiyatisi tadqiq etish ham katta ahamiyatga ega.Shunday noyob madaniyat namunalarini Xiva shahri ham o’z bag’rida saqlab kelmoqda Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir.XVII asrda yashagan Hasanbek Rumluning «Eng go’zal tarixi» asari XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag’ishlangan. Xiva xoni, tarixchi olim Abulg’oziy Bahodirxonning (16031664) «Shajarayi turk» asari ayniqsa katta ahamiyatga ega asardir. Asarda juda katta tarixiy faktlar to’plangan. Asarning 1512- 1663- yillar oralig’idagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva - Buxoro munosabatlariga bag’ishlangan IX bobi tarix fani uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega.Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari ham tarix uchun muhim manba hisoblanadi. Munis vafot etgach, xonlik tarixini yozish ishini Ogahiy davom ettirgan. U bitgan tarixiy asar «Shohidi iqbol» deb atalib, o’zida 1872- yilgacha bo’lgan tarixni aks ettiradi.Xiva xonligining 1872-1911- yillardagi tarixini Xiva xoni Asfandiyorxonning topshirig’i bilan 1912- yilda Yusufbek Bayoniy yaratgan.1725- yilda Xivaga Rossiya elchisi bo’lib kelgan Florio Benevini esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan.Download 7.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling