Mustaqil ish mavzu: yalpi talab komponentlari orasida iste’molning o’rni guruh


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1762513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
 
1. 
Yalpi taklif tushunchasi, yalpi taklif egri chizig’i va uning hajmiga ta’sir 
etuvchi omillar. 
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – bu mamlakatda muayyan vaqtda 
narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilgan barcha 
tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha 
darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan 
hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy 
xo‘jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab 
chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, 
shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. 
Lekin yalpi talab o‘zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o‘zining turlari, 
miqdori va sifati bo‘yicha hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi jamiyat 
a’zolari talabiga mos kelishi kerak. 


Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig’ining ko‘rinishi bir oz 
murakkabroq bo‘lib, uchta kesmani o‘z ichiga oladi. 
I. Yotiq kesma. U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning 
tanazzul yoki turg’unlik pallasidagi holatini aks ettiradi.
 
R, 
Nnarx AS 
darajasi 
III
I II 
0
Y Y
t

Ishlab chiqarish real hajmi 
25-chizma. Yalpi taklif egri chizig’i 
YOtiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (chizmadagi Y
t
nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y 
nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga oladi. YA’ni, bu oraliqda mamlakatdagi 
mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab 
chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq foydalanilmaydi. SHunga ko‘ra, 
mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday 
ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar 
va resurslar narxi eski darajada qoladi. SHunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi 
o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling