joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada
kengaytirishga erishish mumkin emas. Narxning to‘xtovsiz
oshib borishi xam
ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi, chunki iqtisodiyot
to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab
chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini
ko‘rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. YAlpi taklifga narxdan tashqari
bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi
yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. YAlpi taklifning
narxdan tashqari bu
omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga ishlab
chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig’i joyini
o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: