Mustaqil ish mavzu: yalpi talab komponentlari orasida iste’molning o’rni guruh
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof investitsiyalar
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga,
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi. 5.Investitsiyalar turlari va manbalari. Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlari (ishchilar, o‘qituvchilar, vrachlar va boshqalar)ning jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko‘pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. SHuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: - investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari); - davlat byudjeti mablag’lari; - chet elliklar mablag’lari. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib oladilar. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan, band qilingan pul kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (masalan, 10 foiz) foiz stavkasi (7 foiz)dan ortiq bo‘lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksincha, foiz stavkasi (aytaylik, 12 foiz) kutilayotgan sof foyda normasidan (10 foiz) ortiq bo‘lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 1. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. 3. Texnologik o‘zgarishlar. Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. SHunga ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini ta’minlaydi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling