Mustaqil ish mavzu: yalpi talab komponentlari orasida iste’molning o’rni guruh


Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1762513
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
4.Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g’risida iqtisodchi olimlar 
o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati 
to‘g’risida”gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:
“investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va 
boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar 


hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan 
huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”
3
sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, 
“investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga 
erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog’lari va boshqa 
sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va 
intekllektual boyliklar tushuniladi. 
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi 
moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish 
maqsadida muomalaga kiritishdir. 
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G’. G’ozibekov 
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida 
talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va 
ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar 
darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani 
olishdan iborat bo‘ladi”. 
4
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni 
beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat 
ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy 
samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday 
tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir”.
5
Rossiyalik iqtisodchi-olim L.Igoshina tomonidan: «investitsiyalar – pulni 
saqlash, ko‘paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga olgan 
holda uni joylashtirish mumkin bo‘lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi»
6

deb ta’riflangan. «Investitsii» darsligining muallifi, professor A.Neshitoy 
investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: «foyda olish yoki boshqa 
samaralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga mamlakatning turli tarmoqlariga, 
tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini 
amalga oshirishga yo‘naltirilgan pul mablag’larini (kapitalni) uzoq muddatga 
joylashtirishdir»
7
.
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari 
tomonidan quyidagicha tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida 
investitsiya sohasi ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual 
boyliklarni aks ettiradi»
8

3
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 2014 y 9 dekabr. 3 – modda.
4
G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya” nashriyoti. 2003. 26 bet. 
5
Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish 
masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2003. 29 b.
6
Игошина Л.Л. Инвестиции. Уч. пос. – М.: «Экономист», 2005. – С. 23. 
7
Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд. – М.: «Дашков и К
0
», 2006. – С. 13. 
8
Староверова Г.С., Медведов А.Ю., Сорокина И.В. Экономическая оценка инвестиций: учебное пособие. – М.: «КНОРУС», 2006. – С. 
11. 


- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual 
maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning 
turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga 
muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga 
oshiriladigan xarajatlar yig’indisi tushuniladi»
9

- «investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy 
iqtisodiyotning turli tarmog’iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli 
qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi»
10

- «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, 
tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag’larini uzoq 
muddatga kiritishni anglatadi»
11

Investitsiyalar keng ma’noda o‘zini mablag’lar va resurslarning kelgusida 
ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, 
ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida 
namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell R.Makkonell, 
Stanli L.Bryu kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha 
ta’riflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha 
laureati (1990 yil) U.Sharp ta’kidlashicha: «investitsiyalar kelgusida (ehtimol, 
nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz 
kechishdir»
12
. «Investitsiyalash» atamasining ma’nosini mana bunday 
sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va 
hisoblaydilarki, mablag’larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash 
mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida 
bugun pul bilan «xayrlashish»da ko‘radilar. 
Shved iqtisodchi-olimi K.Eklund fikricha: «investitsiya – bu kelajakda 
ko‘proq iste’mol qilish sharoitiga ega bo‘lish uchun ertangi kunga qoldirilgan 
narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zaxiraga qoldiriladigan iste’mol 
buyumlari bo‘lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga 
yo‘naltirilgan resurslardir»
13
.
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko‘payishi maqsadida uning 
turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin»
14
. «Investitsiyalar – 
qo‘yilmaning kelgusida o‘sish maqsadida bugungi iste’moldan voz kechish»
15

«Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida paydo bo‘lgan kapital qo‘yilma 
qiymatining joriy o‘sishi. Bu o‘sha davrdagi foydaning iste’mol uchun 
9
Подшиваленко и др. Инвестиции: учеб. пос. – 3-е изд. – М.: «КНОРУС», 2006. – С.7. 
10
Колмыкова Т.С. Инвестиционный анализ: учеб. пособие. – М.: «ИНФРА-М», 2009. – С. 7. 
11
Зубченко Л.А. Иностранные инвестиции: учеб. пособие. – М.: «КНИГОДЕЛ». 2006. – С. 7. 
12
Шарп У., Александр Г., Бейли Дж. Инвестиции. Пер. с. англ. – М.: «Инфра-М», 1997. – С. 16, 979. 
13
Клас Эклунд. Эффективная экономика: шведская модель. – М.: «Экономика», 1991. – С. 96. 
14
Ткаченко И.Ю. Инвестиции: учеб. пособие. – М.: «Академия», 2009. – С. 6. 
15
Самуэльсон П.А. Экономика: пер. с англ. – М.: «БИНОМ», 1997. – С. 783. 


ishlatilmagan qismi hisoblanadi»
16
. «Investitsiyalar – pul mablag’lari, maqsadli 
bank jamg’armalari, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar, mashina, asosiy vositalar 
va boshqa mulk ko‘rinishidagi kapital qo‘yilmalar, shuningdek, pul qiymatiga ega 
bo‘lgan mulkiy va nomulkiy huquqlarni investorlarning strategik maqsadlarini 
ko‘zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritish»
17

Iqtisodchi-olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya 
tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar, ya’ni «investitsiya (investment) – bu 
moddiy zahiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg’arilishi va 
ishlab chiqarishga xarajatlar»
18
. Ushbu ta’rif o‘z mazmuniga ko‘ra, ko‘proq, 
«kapital qo‘yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta’kidlab o‘tish joiz.
Investitsiya tushunchasi yagona va to‘liq belgi berishlik uchun anchagina 
keng tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy 
faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o‘zining xususiyatlariga ega.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-
joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining 
o‘sishiga qilinadigan 
harajatlardan tashkil topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. 
Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital 
o‘sishini ta’minlovchi YaIM ning bir qismidir.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar 
yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib 
hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda 
real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni bugungi sarflarni maqsadi 
kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, bo‘lishi 
noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashishdir 
19

Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M. 
«Delo» nashriyoti-1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: 
Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib 
olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab 
chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng 
ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni 
moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi. 
Investitsiyalar yalpi sarflarning asosiy tarkibiy unsurlaridan biri hisoblanadi. 
Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, 
milliy iqtisodiyotdagi ko‘plab mutanosibliklar investitsiya hajmining o‘sish 
sur’atiga bog’liq bo‘ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror 
16
Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег: пер. с англ. – М.: «Гетос АРВ», 1999. – С. 352. 
17
Марголин А.М. Инвестиции. – М.: «РАГС», 2006. – С. 464. 
18
Кэмпбелл Р. Макконелл, Станли Л. Брю. Экономикс, принципы, проблемы и политика. 2-том. – М.: «Республика», 1992. – С. 388.
19
Мертенс А.В. Инвестиции: курс лекций по современной финансовой теории. – Киев: Киевское инвестиционное агенство, 1997. 71 стр.


ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli 
foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog’liq 
sarflarni bildiradi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling