Mustaqil ish mavzu: yalpi talab komponentlari orasida iste’molning o’rni guruh


Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1762513
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
2.Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi. 
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta 
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalaydi. 
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi 
va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi 
taklifga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va 
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. Yalpi talab va yalpi taklif 
muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kesmasida ro‘y berishiga qarab 
o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. 

AS 
R



AD
2
AD

0 Q
1
Q
2

26-chizma. Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining 
o‘zgarishi 
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o‘tsa, 
narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga 
hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o‘sishi milliy 
ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa iqtisodiyotdagi 
umumiy narx darajasining o‘zgarishisiz bu hajmning kamayishiga olib keladi (26-
chizma). 
Тik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq foydalaniladi, 
shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni 
uni oshirib, milliy ishlab chiqarishning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi (27-chizma). 
 
 
 
P
AS 
P

P
1
AD

AD

0 Q
s

27-chizma. Тik kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi 
 
Tayanch iboralar: iste’mol, jamg’arma, investitsiya, real foiz stavkasi, iste’molga 
o‘rtacha moyillik, jamg’armaga o‘rtacha moyillik. 
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy 
daromad iste’mol va jamg’arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol 
jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va 
xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.


Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab 
chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan 
ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling