AD
2
AD
1
0 Q
1
Q
2
Q
26-chizma. Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining
o‘zgarishi
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o‘tsa,
narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga
hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o‘sishi
milliy
ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi
esa iqtisodiyotdagi
umumiy narx darajasining o‘zgarishisiz bu hajmning kamayishiga olib keladi (26-
chizma).
Тik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq foydalaniladi,
shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni
uni oshirib, milliy ishlab chiqarishning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi (27-chizma).
P
AS
P
2
P
1
AD
2
AD
1
0 Q
s
Q
27-chizma. Тik kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi
Tayanch iboralar: iste’mol, jamg’arma, investitsiya, real foiz stavkasi, iste’molga
o‘rtacha
moyillik, jamg’armaga o‘rtacha moyillik.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy
daromad iste’mol va jamg’arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol
jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida
ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab
chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol
qilinishini, ya’ni ulardan
ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: