bilimli va malakali ishchi kuchini qo‘llash kabi omillarning o‘zaro ta’siri
samaradorlikning o‘sishi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga
xarajatlar kamayganda
samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga,
aksincha, unumdorlikning
kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko‘payishi
yalpi taklifning
qisqarishiga olib keladi.
3. Huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi. Korxonalar o‘z faoliyatida amal
qiladigan huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi
mahsulot birligiga to‘g’ri keladigan
xarajatlarni va yalpi taklifni o‘zgartirishi mumkin.
Huquqiy me’yorlar o‘zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o‘zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga
nisbatan ajratmalar)ning ko‘payishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko‘paytirishi va
yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning
ortishi yoki soliq
yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni
oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi ham ko‘p
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni
o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: