Mustaqil ish mavzu: yalpi talab komponentlari orasida iste’molning o’rni guruh


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1762513
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
2. 
Samaradorlikning 
o‘zgarishi. Samaradorlik - bu 2-bobda 
aytganimizdek, milliy ishlab chiqarish real hajmining sarflangan resurs miqdoriga 
nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik - bu xarajat birligiga to‘g’ri keluvchi 
ishlab chiqarishning o‘rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko‘rsatkichidir. 
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko‘proq miqdorda mashina 
va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha 


bilimli va malakali ishchi kuchini qo‘llash kabi omillarning o‘zaro ta’siri 
samaradorlikning o‘sishi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi. 
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda 
samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning 
kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko‘payishi yalpi taklifning 
qisqarishiga olib keladi. 
3. Huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi. Korxonalar o‘z faoliyatida amal 
qiladigan huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g’ri keladigan 
xarajatlarni va yalpi taklifni o‘zgartirishi mumkin.
Huquqiy me’yorlar o‘zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o‘zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi. 
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga 
nisbatan ajratmalar)ning ko‘payishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko‘paytirishi va 
yalpi taklifni qisqartirishi mumkin. 
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq 
yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni 
oshiradi. 
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi ham ko‘p 
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni 
o‘zgartiradi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling