Mustaqil ish mavzu: Yarim o’tkazgichli asboblarning sinflanishi


Download 249.18 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi249.18 Kb.
#1543666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
analog mustaqil

Birinchi bosqich 1895 yilda A.S. Popov tomonidan simsiz telegraf – radio ixtiro qilinishi bilan boshlandi. Bu davrdagi aloqa qurilmalari passiv elementlardan: simlar, induktivlik g‘altaklari, magnitlar, rezistorlar, kondensatorlar, elektromexanik qurilmalar (almashlab ulagichlar, rele va boshqalar) dan iborat edi.
Ikkinchi bosqich 1906 yili L.de Forest tomonidan birinchi aktiv elektron asbob - triod lampasining yaratilishi bilan boshlandi. Triod – elektr signallarini turli о‘zgartirish usullariga ega bо‘lgan, asosan – quvvat kuchaytirish xossasiga ega bо‘lgan birinchi aktiv elektron asbob bо‘ldi.
Uchinchi bosqich 1948 yili Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan qattiq jismli (yarim о‘tkazgichli) elektronikaning asosiy aktiv (kuchaytirgich) elementi bо‘lgan - bipolyar tranzistorning kashf etilishi bilan boshlandi. Tranzistor elektron lampaning barcha funksiyalarini bajarishga qodir.
50 yillar sо‘ngida yaratilayotgan EHMlar о‘nlab rezistor va kondensatorlarni hisobga olmaganda, 100 mingga yaqin diodlar va 25 mingtacha tranzistorlardan iborat edi.
Tо‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilma va tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataladi.
Mikroelektronikaning birinchi mahsulotlari – integral mikrosxemalar 60 yillar sо‘ngida paydo bо‘ldi. Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv – texnologik usullarda yaratiladi: qalin pardali va yupqa pardali gibrid integral mikrosxemalar (GIS) va yarim о‘tkazichli integral mikrosxemalar.
Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda elementlararo ulanishlarni ta’minlash bilan birgalikda, ularning kichik о‘lchamlarini, energiya ta’minotini, massa va material hajmini ta’minlaydilar. Kо‘p sonli chiqishlar va qobiqlarning yо‘qligi radio elektron apparaturalarning hajmi va massasini kichraytiradi.
Elektronikaning paydo bо‘lishiga, rivojlanishiga, taraqqiy etishiga dastlabki yaratilgan, elektron vakuumli, shisha balonli lampalar asos bо‘lib xizmat qiladi. Elektron vakuumli lampalarning tuzilishi va ishlash prinsipini, termoelektron emissiya hodisasi bilan tushuntirsa, aniqlik kiritsa yaxshi bо‘ladi. Bu elektrofizik jarayonni qoidasi qо‘yidagicha izohlanadi:
Qoida: - Termoelektron emissiya hodisasi deb, havosiz muhitda (vakuumda) ''seziy'' oilasiga yaqin bо‘lgan metallar sirti qizdirilsa elektron uchib chiqarish qobiliyatini namoyon qiladi. Shunday metallarni elektron oqimi chiqarish hodisasi elektronika yaratilishiga dastlabki qadam bо‘ldi. Bu olamshumul kashfiyot T.Edison tomonidan 1833 yilda Amerika qit’asida yaratildi.



Download 249.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling