Mustaqil ish Mavzu: Zararli dasturiy vositalarni klassifikatsiyasi va himoya usullari


Zararli dasturlardan himoya qilishning mavjud usullari va vositalari


Download 0.97 Mb.
bet3/4
Sana24.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1687234
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil-ish-Mavzu -Zararli-dasturiy-vositalarni-klassifikatsiya

3. Zararli dasturlardan himoya qilishning mavjud usullari va vositalari
Xakerlar va jinoyatchilar zararli dasturlar tarqatish orqali onlayn tarmoqlarda ko’pchilik uchun turli muammolar yaratadilar. Bu ular qo’llaydigan eng ko’p tarqalgan usullardan biridir. Zararli dasturlardan himoyalanish uchun o’zingiz oqilona ish tutish bilan birgalikda ushbu asosiy ko’rsatmalarga amal qiling.
1. Antivirus dasturidan foydalaning
Barcha foydalanadigan qurilmalaringizda doimo ishonchli antivirus dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak. Bu sizning viruslar va boshqa zararli dasturlardan asosiy himoyangizdir. Yangi tahdidlardan xabardor bo’lish uchun antivirus dasturini muntazam yangilab turing.
Antivirus dasturi butun qurilmangizni zararli dasturlar mavjudligini tekshirish imkonini beradi. Zararli dasturlarni erta aniqlash va uning tarqalishining oldini olish uchun qurilmalaringizni muntazam ravishda skanerlashni odat qiling. Agar siz Internetdan biror fayl yuklab olsangiz, ochishdan oldin uni antivirus bilan tekshiring.
Windows tizimi Microsoft Defender deb nomlangan o’z ichki bepul va ishonchli antivirus dasturiga ega. Microsoft Defender dasturini sozlamalarini to’g’ri sozlash orqali qurilmangizni yanada yaxshiroq himoyalashingiz mumkin.
2. Qurilmalaringizdagi dasturiy va apparat ta’minotini o’z vaqtida yangilab turing
Zararli dastur dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni topadi va ular orqali qurilmalaringizga zararlantiradi. Xakerlar va jinoyatchilar doimo ana shunday zaifliklar ortidan izlanishdalar. Dasturiy ta’minot yaratuvchi tashkilotlar bu zaifliklarni yangilanishlar bilan birga chiqarilgan xavfsizlik tuzatishlari bilan bartaraf etadi. Shu boisdan, yangilanishlar o’z vaqtida o’rnatish juda muhim.
Il -4
]i —i
Qanday turdagi qurilmadan foydalanishingizdan qat’iy nazar, uning operatsion tizimi eng so’nggi versiyasiga yangilanganligiga amin bo’ling. Yaxshisi, operatsion tizim va antivirus dasturini avtomatik ravishda yangilanadigan qilib sozlaganingiz ma’qul. Qurilmalaringizdagi qolgan dasturlami tez-tez va muntazam ravishda yangilab turing.
Agar so’nggi olti oy ichida mobil telefoningizning operatsion tizimi uchun hech qanday yangilanishlar olmagan bo’lsangiz, smartfoningiz eski model bo’lishi va ishlab chiqaruvchi uni qo’llab-quvvatlashni to’xtatgan bo’lishi ehtimoli mavjud. Bunday holda, telefonni muhim xavfsizlik yangilanishlarini oluvchi yangiroq modelga almashtirganingiz ma’qul.
3. Administrator huquqiga ega bo’lmagan akkauntdan foydalaning
Administrator akkaunti ostida yuklab olingan zararli dastur qurilmangiz va undagi ma’lumotlar uchun yanada zararlidir. Kompyuteringizda cheklangan imtiyozlarga ega foydalanuvchi akkauntini yaratib va kundalik vazifalar uchun undan foydalanganingiz ma’qul. Cheklangan imtiyozga ega akkauntga kirganingizda, zararli dastur qurilmangizga kirish yo’lini topishi va tizim bo’yicha o’zgartirishlar kiritishi ancha qiyin bo’ladi.
4. Qanday dasturlar o’rnatayotganingizga ehtiyot va e’tiborli bo’ling
Ko’p zararli dasturlar shubhali dasturiy ta’minot to’plami ichida bo’lishi yoki haqiqiy ilovalarning «qaroqchilik» versiyalariga joylashtirilgan bo’lishi mumkin. Kompyuteringizga zararli dasturlarni yuqtirishning eng ishonchli yo’llaridan biri unga «qaroqchilik»(litsenziyasiz) dasturlarini o’rnatishdir. Agar sizga ma’lum bir dasturiy ta’minot juda ham kerak bo’lsa, lekin uni sotib olishga imkoningiz bo’lmasa, yodda tuting, deyarli barcha yirik dasturiy mahsulotlarning bepul muqobil versiyalari (alternativ versiyalari) mavjud. Ko’pincha, muqobil versiyalardagi ko’plab funksiyalar cheklangan bo’lsa-da, ular vazifangizni bajarish uchun yetarli bo’ladi. Iloji bo’lsa, har doim xususiy tijorat mahsulotlaridan ko’ra ochiq kodli dasturiy ta’minotni tanlang.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling