Mustaqil ish Operatsion tizimlarda axborotga paketli ishlov berish bo’yicha rejalashtirish Guruh


Download 111.39 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi111.39 Kb.
#1573669
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
operatsiyon tizimlar

8-rasm. Kiritish-chiqarishning bajarilishi uchun tizimli chaqiruvdan foydalanish sxemasi.
Sxemada n-raqamdagi tizim chaqiruvi dasturlanadigan uzilishni (trap) keltirib chiqaradi, OT imtiyozli rejimda chaqiriladi va tizim chaqiruvi raqami bo’yicha ushbu uzilishda amalga oshiriladigan kiritish-chiqarishni aniqlaydi. Keyin imtiyozli rejimda kiritish-chiqarish amali bajariladi, undan keyin uzilish paydo bo’ladi va oddiy rejimda bajariladigan foydalanuvchi dasturiga qaytariladi.
Xotirani himoya qilish uchun hech bo'lmaganda uzilish vektori va uzilishlarga xizmat qiladigan qismdasturlar uchun himoya ta'minlanishi kerak. Masalan, foydalanuvchi dasturiga odatiy rejimda o'zboshimchalik bilan manzilni yaratishga va unga kirishga ruxsatning qabul qilinishi mumkin emas, chunki bu tizim xotirasi maydonlarining yaxlitligini buzishi mumkin. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun uskunada foydalanuvchi dasturiga ajratilgan amaldagi xotira maydonining chegaralarini belgilaydigan ikkita registrni taqdim etadi. Bu foydalanuvchi dasturiga ajratilgan xotira maydonining boshlang’ich manzilini saqlovchi tayanch registr (base register) va foydalanuvchi xotira maydonining o’lchamini saqlovchi chegara registri (limit register)dan iborat. Belgilangan intervaldan tashqaridagi xotira maydoni himoyalangan hisoblanadi, ya’ni unga foydalanuvchi dasturining murojaati (kirishi) taqiqlanadi (bunday ruxsatsiz kirish holatlarida uzilish paydo bo’ladi).
Tayanch registr va chegara registrlari 9-rasmda tasvirlangan.

9-rasm. Xotirani himoyalash uchun tayanch registr va chegara registrining qo’llanilishi
Rasmda 2-jarayon xotiraning tayanch registrini saqlovchi 300040 manzildan boshlanuvchi, uzunligi 120900 ga teng bo’lgan (chegara registrini saqlovchi) 420939-manzilni o’z ichiga olgan xotira maydonini band qilib turibdi. Masalan, 2-jarayonning dasturidan 420940-manzilga murojaat qilish kirish mumkin bo’lmagan manzil sifatida uzilishini keltirib chiqaradi – xotira himoyasi ishga tushadi.


Download 111.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling