Mustaqil ish o‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi


Download 254.74 Kb.
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi254.74 Kb.
#1064079
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi

M I L L I Y D I N L A R.

Milliy dinlar tushunchasi.Kishilik jamiyati tarixida din shakllari turli-tuman bulgan. Ammo har qanday din muayyan, konkret tarixiy sharoit va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq holda paydo bo'lgan, o'zgargan hamda rivojlangan.Din shakllarini shartli ravishda uchta asosiy guruhga bulish mumkin: urug'-qabila dinlari, milliy dinlar va jahon dinlari.Urug'-qabila dinlarida kishilarning tabiat bilan bo'lgan munosabatlari, ishlab chiqarishga oid faoliyatlari (ovlash, ovqat izlash va to'plash) bilan bir vaqtda ularning ibtidoiy tashkilotchilik xususiyatlari ham aks etgan. Urug'chilikning ilk davrlarida tabiat diniy e'tiqodning asosiy ob'yekti hisoblangan. O'sha davr kishilari qaysi geografik mintaqada yashashlari va qanday turdagi mehnat bilan shug'ullanishlariga bog'liq holda buyum va xodisalarning turli jihatlarini ilohiylashtirganlar. Masalan, ov bilan shug'ullanuvchi qabilalar uchun hayvonlarning turli zotlariga sig'inish, dehqonchilikning qoyat sodda shakllari bilan shug'ullanuvchi uchun esa o'simliklar va samoviy jismlarga sig'inganlar.Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilgan va sinfiy tabaqalanish boshlangan davrda xudolar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi ular bilan bog'liq bo'lgan urf-odat va marosimlarda ham muayyan o'zgarishlar bo'lishiga olib kelgan. Dehqonchilik bilan shug'ullanadigan qadimiy xalqlarda halok bo'lib, qayta jonlanadigan mavjudot xudolariga sig'inish, yer, suv, samoviy jismlarni ilohiylashtirish, shular bilan bog'liq bo'lgan qurbonlik qilish marosimlari paydo bo'lgan.Ammo ibtidoiy jamoa tuzumi davrida din jiddiy o'zgarishlarga uchragan bo'lsa ham, muayyan bir tizimga aylana olmagan. Urug'-qabila dinlariga xos diniy ibodat-marosimlar Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniyada yashovchi bir qancha xalqlarda hozirgacha mavjuddir. Shuningdek bu din shakllarining elementlari hozirgi zamon milliy va jahon dinlarida ham uchraydi.Milliy dinlar deb, odatda bir millatga mansub xalqlar e'tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng sunggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim.. dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo'lib, odatda, politeistiq ya'ni kup xudolik dinlari bo'lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko'p xudolikning o'zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida – bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdeq muhabbat va go'zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo'lgan. Xuddi shunga o'xshash qadimgi yaxudiylar dinning xudosi – Yaxve ham ko'p xudolilikning yaqqol namunasidir.Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o'ziga xos yana bir xususiyati oxirat to'g'risidagi tasavvurning paydo bo'lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to'la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo'lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo'lida meva-cheva, noz-ne'matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining sunggi davrlariga kelib odamlar o'rniga hayvonlar qqurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ'ib qilinardi.Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug'-qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning, sungra millatning shakllanishini uzlarida aks ettirgan.Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo'lishi bilan boshqa din shakllaridan ajralib turgan.Eng sunggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, sikxizm, daosizm, konfusiychiliq sintoizm va iudaizm (yahudiylik).

Download 254.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling