Mustaqil ish o‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi


Download 254.74 Kb.
bet6/9
Sana24.12.2022
Hajmi254.74 Kb.
#1064079
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi

J A Y N I Z M - dinning asoschisi sifatida e'tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg'ambar – Jina nomi bilan atalgan bo'lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo'lgan. Jaynizm braxmanizmdagi kishilarni tabaqalarga ajratish sistemasiga qarshi paydo bo'lgan.
Uning ta'limotida 24 payg'ambarga, ayniqsa oxirgi payg'ambar – Vardxamana Maxavariga sig'inish talab etiladi. Jaynizmda jonning o'lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga ko'chib yurishiga ishonish markaziy o'rinni egallaydi.

Inson yer yuzida qiladigan har qanday xarakat va ish ana shu jon bilan tan birligida sodir bo'ladi deb qarash. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to'g'ri yo'lni tutmoq, ya'ni din targ'ib qiladigan barcha ta'limotlarga, talablarga so'zsiz itoat etish va e'tiqod qilish zarur. Jaynizmda digambarlar va shvetambarlar nomli yo'nalishi ham mavjud.


I K X I Z M - (sikx – o'quvchi demakdir) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Shimoliy-G'arbiy Hindistonda hinduizmga qarshi yo'nalish sifatida paydo bo'lgan. U mayda xunarmand va savdogarlarningfeodal zulm va jamiyatning tabaqalanishiga qarshiligini o'zida aks ettirgan.
XVI asrga kelib sikxlar jamoasiga dehqonlar ham qo'shila boshlaganlar va bu antifeodal harakatni quvvatlaganlaryu sikxizm monoteistik din hisoblanib, jamoa bo'lib birgalikda ibodat qilishni inkor etadi, ruhoniylikni tan olmaydi. Moddiy olamdagi barcha hodisalar sikxizm ta'limoticha, yagona xudo – oliy kuchning ijodi, insonlar esa xudo oldida teng, deb hisoblanadi. Bu din ta'limoti «Grantx Sohib» (Janob Kitob) nomli kitobda izohlangan. Sikxizm ta'limotiga e'tiqod qiladiganlar hozirgi kunda kam uchraydi.
D a o s i z m - Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo'lgan yarim falsafiy. Yarim diniy, sinkretik ta'limot. Uning tub g'oyasi moddiy olamdagi buyum va hodisalar turli-tumanligining mohiyatini ta'minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi «dao» tug'risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta'limot asosida diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm nomini olgan. Bu din qadimgi dunyo faylasufi Dao Szi nomi bilan bog'liq «Dao de szin» kitobidagi ta'limotga asoslangan.Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U dunyodagi barcha buyum va hodisalar o'zgarishda, harakatda, ba'zi narsalar tiklansa, boshqalari so'nadi, deb g'oyat to'g'ri ta'lim beradi.Ammo kohinlar bu ta'limot asosiga diniy g'oyalarni qo'yib, g'oyat ko'p ruh va xudolarga ibodat qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari «daos» nomi bilan yuritilgan. Ular uchun rohibliq darveshlik qilishdan tashqariyayayaya. Oila qurish ham man etilmagan.Shu tariqa daosizmda olamni boshqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar pantioni - qarorgohi (shan di, Dao szi, Pan gu) paydo bo'lgan.Daosizm dastlab mulkdorlar hokimiyatiga qarshi bo'lib, kambag'allar manfaatini ifodalagan. Keyinchalik esa u hukmron sinflarning g'oyaviy quroliga aylangan. Man'chjurlar sulolasi Sin xukmronligi davrida (1644-1911) daosizm diniy ta'limoti inqirozga uchragan. Xozirgi vaqtdi daosizm diniga e'tiqod qiluvchilar juda kamchilikni tashkil etadi.


Download 254.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling