Mustaqil ish o‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi


Download 254.74 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi254.74 Kb.
#1064079
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi

KONFUSIYCHILIK. Bu oqim qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi IV-V asrlarda paydo bo'lgan. Keyinchalik diniy mazmun kasb etgan bu ta'limotga ma'rifatparvar Konfusiy (Kun-Szi, 551-479 yillar) asos solgan.Konfusiychilik ta'limotida dunyoqarash masalalariga emas, balki, ijtimoiy axloq muammolariga kuprq o'rin berilgan. Unda «Axloqli kishi» bo'lish, donishmandlardan ta'lim olish haqidagi g'oyalar ilgari surilgan. Bu ta'limotga ko'ra jamiyatda hukm surgan «jen» insonparvarlikka rioya qilmog'i lozim. Bu esa kamtarliq ongliliq vazminliq mehribonliq odilliq saxiylikdan iborat. Inson «jen» qonunini o'zlashtirish uchun jamiyatda tutgan o'rniga qarab «li» me'yorlarini bajarishi talab etiladi. An'analar, urf-odatlar shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning «axloqiy ulug'» boshliqlarga itoat qilishi zarurligi shu bilan oqlangan.Konfusiychilikda kishilarni yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy rol uynamagan; bunda yuksak axloqiy fazilatning xizmati katta deb hisoblangan. Biroq bu xukmron va qaram tabaqalarga ajratish butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfusiyning fikricha, tabaqalarga ajratish tartibi eski an'analarga asoslanishi va uni davlat boshqarishi lozim.Eramizning boshida konfusiylikka diniy g'oyalar kiritilgan va u diniy ta'limot sifatida talqin qilina boshlangan. Konfusiyning qabri yoniga ko'plab ibodatxonalar qurilgan, unga qurbonliklar qilina boshlangan. Shu tariqa Konfusiy xudo darajasiga ko'tarila boshlangan. XX asr boshlariga kelib, Konfusiy sharafiga qurilgan ibodatxonalar soni tobora ko'paya bordi.Konfusiylikda oliy ilohiy kuch osmon hisoblanib, Xitoy xukmroni esa xudolar bilan insonlar o'rtasidagi vositachi, «osmon o'g'li», deb talqin qilina boshlagan. Xitoy imperatorlarini hatto xudo darajasiga ko'tarishgacha borib yetilgan.Konfusiylikda ajdodlarga va ruhlarga sig'inish muhim frin egallaydi. Shu boisdan qurbonlik qilish, tug'ilish, oila qurish, dafn va boshqa marosimlar tantanali bajariladi.Konfusiylikda kohinlar bo'lmagan, dastlabki davrlarda hech qanday sistemali ta'limot ham bo'lmagan. Keyinchalik bu taq'limotlar yaratilib, u hamma klassik qonunlari 13 kitobda, sharhi esa 40 jildda bayon qilingan. Bularning eng ahamiyat li qismi 9 ta kitobdan iborat.
Bular: «Sishu» (To'rt kitob) va «Uszin» (Besh kitob) dir. Bu qonunlar ham diniy «muqaddas», ham dunyoviy donishmandlik manbai hisoblanadi.

Download 254.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling