Mustaqil ish o‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi


Download 254.74 Kb.
bet9/9
Sana24.12.2022
Hajmi254.74 Kb.
#1064079
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi

Z a r d u sh t i y l i k. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo'lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI Asrlarda dastavval O'rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo'lgan. Uning payg'ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan.Zardushtiylik – ilgarigi diniy tasavvurlar va kup xudochilikka asoslangan diniy e'tiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko'p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo'lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e'tirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir.Zardushtiylik paydo bo'lgan vaqt quldorlik tuzumi endigina paydo bo'layotgan davr edi. U urug'-qabilachilik qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga bo'linayotgan davr bo'lgan. Bu din eng avval O'rta Osiyo, so'ng Eron,Ozorbayjonda qaror topgan edi.Zardusht yashagan davrda o'troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bo'lgan. O'z davrining kohinlari, sehrgarlari va mo''tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht xalqlarga tinch mehnat bilan shug'ullanish imkonini yaratish uchun kupxudolik e'tiqodlariga va otashparastlikka barham berib, yakkaxudolikka sig'inishni targ'ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan.Zardushtiylik eradan avvalni VII-VI asrlarga xos bo'lgan din sifatida undan oldingi urug'-qabilachilik dinlari negizida paydo bulgan yakkaxudolik dini. U eramizning to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so'ngra uning o'rnini islom egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va O'rta Sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda.Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o'zi tarqalgan o'lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma'naviy qarashlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manba hamdir. Unda bayon etilgan asosiy g'oyalar diniy e'tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht degan payg'ambar nomi bilan bog'langan. U «Avesto»ning eng qadimiy qismi «Gat» (xat nomi)ni ijod etgan. «Avesto» tarkibiga kirgan bilim, ma'lumotlar qariyb milloddan avval 3000-yillik oxirlari va 2000- yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o'tgan davrda yuzaga kelgan; avloddan-avlodga og'zaki o'tib olingan, uning buqa terisiga yozilgan ko'p qismi yo'qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U milloddan avvalgi III asrda ashrakiylar sulolasi davrida to'plangan.Zardushtiylik dini ta'limotini quyidagi uch tarixiy qismga bo'lish mumkin; 1. Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug'chilik tuzumidagi e'tiqodlar, ko'p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; 3. Qadimiy ko'pxudolilik va keyingi yakkaxudolilik g'oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini shakllangan. «Avesto» bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Zardushtiylikning asosiy g'oyalari olimdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o'lim o'rtasidagi kurashga bog'liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam asosiy kuch va rolni o'ynaydi, u tanlash erkinligiga ega, u o'z g'ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta'sir eta oladigan kurashdir.«Avesto» ning mukaddas kitoblarida kadimgi dunyo falsafasining 4 asoslari (substansiyasi) – tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni bulg'ash, ifloslantirish eng og'ir gunohlar qatoriga ko'shilgan. Hatto marhumlarning murdalari yerni, suvni, havoni zaharlab ko'ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko'mish rasm bo'lgan. Oxuramazda «yerga yaxshi, mustahkam urug'lar sepishdan ortiq savob ish yo'q», degan. Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni qurbonlikka so'yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish yerdagi yovo'zlikka barham berish, hisoblangan. «Odam go'zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, - deyilgan bashoratlarda, - kimki yerga urug' qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, shu yo'lgina yagona haqiqat bo'lib, qolgani sarobdir. Zardushtiylikning vazmin, musiqa bilan uyg'unlashib ketgan dono o'gitlari ona zaminga, dehqonchiliq chorvachiliq hunarmandchilikka va vatanga, xalqqa ulug' muhabbat ruhi bilan uyg'unlashib ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar ko'p bo'lganidan dalolat beradi.Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro'z, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bo'lgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizg'aldoqning ochilishi, bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning go'zallashib borishi ezgulik ruhining tantanasi bo'lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo'lgan. Odamlar tabiatning bu go'zalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar.Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidagi g'oyalar bilan birga real, dunyoviy, hozir ham foydali nasihat, tavsiya, cheklash, ta'qiqlash, rag'batlantirishga doir o'git va da'vatlar ko'p bo'lgan. Ulardan hozirgi mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin va lozim.

Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar:

1.Avesto tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi.-T.:- Sharq, 2001. 2.Yuldoshev J. Xasanov S. Avestoda axloqiy ta'limiy qarashlar.-T.: O'qqituvchi, 1992.

3.Isxoqov M.M. Xalq dahosining qadimgi ildizlari va ilk kurtaklari. Til va adabiyot ta'lim. 1993, 2-son.

4. Boys M., Zaroastriyso': verovaniya i obo'chai. Izdaniye 2-ye Sankt-Peterburg, 1998 5. I.Jabborov, G.Dresyanskaya. «Duxi, svyato'e, bogi Sredney Azii»-T.: 1993.

↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Download 254.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling