Mustaqil ish Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti


Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning


Download 0.51 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1625611
1   2   3
Bog'liq
31 Qurbandurdiyev Sarvarbek (Falsafa)

Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning

Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning

tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga

xos ko‘rinishini anglatadi.

Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.

A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot

uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.

Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,

Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan

bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. Shubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston

xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa,

o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Gedonizm — (grekcha, hedone – huzur-halovat) – axloqshunoslik nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash prinsipi bo‘lib, bu prinsipga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob-uqubatdan qutkazuvchi narsa yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Insondagi unga tabiat tomonidan jo qilingan va uning ish amalini belgilaydigan bosh harakatlantiruvchi ibtido huzur-halovatdan iborat, degan tasavvur gedonizmning asosini tashkil etadi. Huzur-halovatga erishish maqsadi birdan bir ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab deb e’lon qilinadi. Gedonizm axloq-odob prinsipi sifatida kishilarga dunyoning shod-xurramligiga, o‘zlari uchun va boshqalar uchun maksimal rohat-farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gretsiyada Aristipp axloqshunoslikning muxlislari bo‘lgan va huzur-halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. Hozirgi zamon burjua nazariyalarida gedonizm odatda faqat metodologik prinsip yaxshilikni ta’riflash usuli sifatidagina mavjuddir. Bugungi kunda axloqshunoslik olimlarining ko‘pchiligi yaxshilikni huzur-halovat orqali ta’riflashni axloq problemalarni qo‘pol sayqallashtirish va vulgarlashtirish deb hisoblamoqdalar.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling