Mustaqil ish Tekshirdi. Bajardi.Tolibov.Y Noaniqlik munosabati, mikrozarralarning kordinatalari va impulsini aniqlash Noaniqlik munosabatlari - De-Broyl to‘lqinlarining yuqorida qarab chiqilgan statistik talqini
- nazariy yo‘l bilan olingan natijalarni tajribada olingan ma’lumotlar
- bilan bog‘lashga imkon beradi. Bu yerda asosiy masala tajribadan
- olingan natijalarni tushuntirish uchun goh zarralar manzarasidan, goh
- to‘lqinlar manzarasidan foydalanishga to‘g‘ri kelishidadir. Bir xil
- namunalarning o‘zi Vilson kamerasi bilan o‘tkazilgan tajribada
- keskin chegarali izlar qoldiradi, ya’ni o‘zlarini trayektoriyalar
- 70
- bo‘yicha harakatlanuvchi snaryadlar singari tutadi, kristall varaqlari
- orqali o‘tish tajribalarida esa ekranda yorug‘ va qorong‘i xalqalar
- hosil qilib, interferensiya manzarasini beradi, ya’ni o‘zlarini
- superpozisiya tamoyiliga bo‘ysinuvchi to‘lqinlar kabi tutadi.
Biroq - Biroq
- zarralar va to‘lqinlarning xossalari bir-biridan keskin farq qiladi.
- Lekin elektronlar o‘ziga xos yagona tabiatli bo‘lganligi uchun ular
- zarra ham emas, to‘lqin ham emas. Ularni ayrim hollarda to‘lqin va
- ayrim hollarda zarralar manzarasi deb qaraladi. Shuning uchun
- klassik mexanikaning makrozarralarni xarakterlovchi tushunchalarini
- mikrozarralarga tatbiq qilishda qandaydir cheklashlar kiritilishi
- kerak.
- Klassik mexanikada makrozarralar quyidagi asosiy xossalarga
- egadir: har qanday zarra vaqtning istalgan paytida fazoda aniq joyni
- egallaydi va ma’lum impulsga ega bo‘ladi.
- Zarralar tizimining holati
- barcha koordinatalar va ularga mos barcha impulslar to‘plami orqali
- xarakterlanadi. Mikrozarralarda to‘lqin xossalarining mavjud bo‘lishi
- mikrozarralar tizimi holatini bunday aniqlanish imkoniyatini
- cheklaydi. Bu cheklashlarni ko‘rib chiqaylik.
- Faraz qilaylik, mikrozarraning x o‘qidagi vaziyati biror ∆x
- noaniqlik bilan ma’lum bo‘lsin, binobarin, zarra qayerdadir x 0 va
- x 0 +∆x oralig‘ida turadi deyish mumkin. Zarraning vaziyati biror ∆x
- noaniqlik bilan ma’lum degan faktni to‘lqin manzarada ko‘rish
- mumkin. To‘lqin funksiya amplitudasi taxminan ∆x ga teng
- kesmadagina noldan farq qiladi deb qaraladi. Bunday funksiyani
- garmonik to‘lqinlarni qo‘shish yo‘li bilan tuzish mumkin, lekin hosil
- bo‘lgan to‘lqin garmonik bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |