- ∆t~ħ/∆E vaqt o‘tishini ko‘rsatadi. Yoki boshqacha aytganda, agar
- tizim o‘lchash jarayonida ∆t vaqt davomida biror holatda mavjud
- bo‘lsa, uning bu holatdagi energiyasi ∆E~ħ/∆t noaniqlik bilan
- o‘lchanadi. (3.45) munosabatga asosan energiyani o‘lchash uchun
- ketgan vaqt ∆t kichik bo‘lsa, energiyani o‘lchashdagi noaniqlik ∆E
- katta bo‘ladi va aksincha.
- Shunday qilib, ushbu bobda mikrozarralar tabiati haqida bayon
- qilingan mulohazalardan quyidagicha xulosalar qilish mumkin:
- 1. Mikrozarraning holati de-Broyl yassi to‘lqin funksiyasi (ψ-
- funksiya) bilan ifodalanadi. To‘lqin funksiyasi amplitudasi
- modulining kvadrati |A| 2 fazoning berilgan joyida zarraning topilish
- ehtimoliyatini ifodalaydi.
- 2. Mikrozarralar fazo bo‘ylab “bo‘yalgan” deb tasavvur qilinadi.
- 3. Mikrozarralar aniq trayektoriyaga (klassik tushunchadagi) ega
- bo‘lmaydi. Mikrozarralarda klassik zarralarning xarakteristikalari
- bo‘lgan massa, zaryad, energiya tushunchalari saqlanadi.
- 4. Mikrodunyoning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
- bunda tajriba yangicha tushuniladi. Mikrozarralar ustida o‘tkazilgan
- tajriba mikrozarraning holatini o‘zgartiradi. Zarraning tajriba
- o‘tkazishgacha bo‘lgan to‘lqin funksiyasi, uning tajribadan keyingi
- to‘lqin funksiyasidan farq qiladi.
- 5. Mikrozarraning ϑ tezligi zarra holatini aniqlaydigan
- to‘lqinlarning guruhiy tezligi ϑ g tezligi bilan mos keladi: ϑ=ϑ g .
- 6. Mikrozarra bir vaqtning o‘zida ham zarra, ham to‘lqin
- xususiyatlarini mujassamlantirgan maxsus tabiatga ega bo‘lgan
- materiyadir.
- 7. Mikrozarra klassik tasavvurlardagi zarraga ham, to‘lqinga ham
- o‘xshamaydi. Lekin ayrim hodisalarda (fotoeffekt, kompton effekti)
- zarra xususiyatini namoyon qiladi, ayrim hodisalarda esa (difraksiya,
- interferensiya) to‘lqin xususiyatini namoyon qiladi.
- 8. Noaniqlik munosabatlari klassik mexanikadagi
- makrozarralarni xarakterlaydigan tushunchalarni mikrozarralarga
- tatbiq qilish chegaralarini bildiradi.
- 9. Mikrozarraning impulsi va koordinatasini bir vaqtning o‘zida
- ixtiyoriy aniqlik bilan o‘lchash mumkin emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |