Mustaqil ish


Bolalarda laringit patogenezi


Download 12.45 Kb.
bet4/8
Sana06.12.2021
Hajmi12.45 Kb.
#178823
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MT. klinika-WPS Office

Bolalarda laringit patogenezi.

Bolalarda laringit kechishi bolaning nafas yoʻllari anatomo-fiziologik oʻziga xosligi, hamda bola yoshiga mos holda hiqildoq boʻshligʻi torligi va yutqinning voronkasimon boʻlishi, hiqildoq innervatsiyasi, nafas yoʻllari mushaklari zaifligiga bogʻliq boʻladi. Aynan shular sababli laringit natijasida nafas yoʻllarining oʻtkir obstruksiyasi va oʻtkir nafas yetishmovchiligi kelib chiqadi.

Muhim bir jihatni ham unutmaslik kerak, bolalarda hiqildoq shilliq qavatlarining shishi va hatto 1 mm.ga qalinlashishi ham, hiqildoq boʻshligʻining yarim barovar torayib qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori nafas yoʻllari obstruksiyasida mushaklarning reflektor ravishda spazmi va mexanik tiqilib qolishlar (yalligʻlanish natijasida toʻplangan ajralmalar yoki yot jism) ham katta rol oʻynaydi. Hiqildoq boʻshligʻi torayishi va nafas olish qiyinlashuvi asosan tunda sodir boʻladi, bunga sabab tunda hiqildoq limfa va qon aylanishi oʻzgarishi, nafas olish soni uyqu vaqtida kamayishidir.

Bolalarda laringit kechishi boʻyicha: oʻtkir va surunkali; asoratsiz va asoratli shakllari farqlanadi. Endoskopik tekshiruvga asoslanib, laringit bolalar otolaringologiya sohasida – oʻtkir kataral, shishli va flegmonoz, surunkali kataral, gipertrofik va atrofik laringit turlariga boʻlinadi. Kataral laringitda yalligʻlanish jarayoni faqatgina hiqildoq shilliq qavatda roʻy bersa, flegmonoz koʻrinishida shilliq osti, mushak qavati, boylamlar va togʻaylarni ham qamrab oladi. Giperplastik laringitda hiqildoq shilliq qavatining qalinlashishi va giperplaziyasi kuzatiladi. Atrofik laringit esa shilliq qavatning yupqalashishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda odatda kasallikning kataral va gipertrofik shakllari uchraydi.

Yalligʻlanish jarayoni tarqalishiga koʻra laringit – boylamosti, diffuz laringit va laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.


Download 12.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling