Mustaqil ish


Bolalarda laringit davosi


Download 12.45 Kb.
bet7/8
Sana06.12.2021
Hajmi12.45 Kb.
#178823
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MT. klinika-WPS Office

Bolalarda laringit davosi.

Bolalarda laringit davosida muolaja — himoyalovchi chora tadbirlar oʻtkaziladi: yotoq tartibi, ovoz boylamlari tinchligi, xona harorati qulay boʻlishi, namlik yetarlicha boʻlishiga eʼtibor qaratiladi. Bolalar diyetasida sovuq, issiq, taʼsirlovchi mahsulotlar va gazli ichimliklardan cheklangan boʻlishi kerak.

Laringit vaqtida yaxshi samara beruvchi usullardan iliq suyuqlik ichish, boʻyin sohasida quruq iliqlik yaratish (boʻyin sohasini juli mato bilan oʻrash), dorivor ingalyatisya, banka va xantal qogʻoz qoʻyish ham buyurilishi mumkin.

Bolalarda laringit davosida fizioterapiyaning ham oʻz oʻrni bor, bolalarda UVCH, boʻyin sohasida elektroforez, mikrotoʻlqinli terapiya, fonoforez, UBN ni boʻyinning oldingi sohasi yuborish kabi muolajalar qoʻllaniladi. Ovoz oʻzgarishi saqlanib qoladigan boʻlsa, logoped mashqlaridan foydalaniladi.

Bolalarda laringit medikomentoz davosida virusga qarshi preparatlar yoki antibiotiklar, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, antigistaminlar, yoʻtalga qarshi yoki balgʻam koʻchiruvchi vositalar qoʻllaniladi. Koʻp holatlarda mahalliy qoʻllaniluvchi antiseptik preparatlar buyuriladi – aerozollar, soʻrish uchun tabletkalar. Zaruriyat tugʻilganda dori preparatlari endolaringeal tarzda yuboriladi.

Soxta krup yuzaga chiqadigan boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam koʻrsatilishi kerak, bunda hiqildoqda shish va spazmni bartaraf etish, normal nafas olishni tiklash zarur boʻladi. Tez tibbiy yordam kelgunga qadar bolani tik (vertikal) holatda tutish, toza va nam havo kelishini taʼminlash, ingalyatordan foydalanish, chalgʻituvchi chora tadbirlar (oyoqlarda issiq vannalar qilish) oʻtkazish talab etiladi. Shifoxona sharoitida bolada kislorod terapiya va ingalyatsiya usullari oʻtkaziladi, spazmolitik, gormonal, antigistamin preparatlar yuboriladi. Hiqildoqning kuchli stenozida intubatsiya yoki traxeostomiya muolajalari bajariladi va sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasiga ulanadi.




Download 12.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling