Bolalarda laringit kasalligi diagnostikasi.
Bolalarda laringit kasalligini tashxislash uchun bolalar otolaringologi uchun anamnez yigʻish va klinik belgilarga asoslanishning oʻzi kifoya. Maxsus otolaringologik tekshiruvlarga faringoskopiya, rinoskopiya, otoskopiya va boʻyin sohasi limfa tugunlari palpatsiyasi kiradi.
Bolalarda laringit diagnostikasida asosiy tekshiruv usuli – laringoskopiya hisoblanadi. Tekshiruv natijasida hiqildoq shilliq qavati giperemiyasi, shish, qon-tomirlari surʼati kuchayishi yoki shilliq qavatda petixiyali qon tomir yorilishlari aniqlanadi. Ovoz chiqargan vaqtda ovoz boylamlarining qalinlashishi va toʻliq yoplimasligi koʻrinadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisini aniqlash maqsadida yuqori nafas yoʻllaridan surtma olinib, bakteriologik, virusologik yoki PZR-tekshiruvlari ham oʻtkazilishi mumkin.
Bolalarda laringit asoratida kelib chiqqan ovoz oʻzgarishlarida maxsus mutaxassislar tekshiruvlari talab etiladi, yaʼni foniatr, logoped va fonoped kabi shifokorlar.
Bolalarda soxta KRUPni difteriya (boʻgʻma, chin KRUP), hiqildoqdagi yot jism, yutqin absessi, hiqildoq papillomasi, hiqildoq allergik shishi, epiglottit, spazmofiliya natijasida kelib chiqadigan laringospazm bilan differensatsiya qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |