Mustaqil ishi 19-variant Yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni. Marketing kommunikatsiyalari tizimida sotishni rag’batlantirishning ahamiyati qanday? Qadimgi dunyo davlatlarida reklamaning o‘ziga xos


Download 36.3 Kb.
bet1/2
Sana22.03.2023
Hajmi36.3 Kb.
#1285828
  1   2
Bog'liq
Marketing

Menejment ta’im yo’nalishi


M 80-2 guruh talabasi
Yusupov Shohruhning
Marketing fanidan


Mustaqil ishi

19-variant


1. Yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni.
2. Marketing kommunikatsiyalari tizimida sotishni rag’batlantirishning ahamiyati qanday?
3. Qadimgi dunyo davlatlarida reklamaning o‘ziga xos xususiyatlari.

1. Yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni.
2022-yilning 9-sentabridan boshlab “Reklama to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi.
Unda asosiy tushunchalar qatoriga axloqsiz reklama, nomaqbul reklama, rag‘batlantiruvchi aksiya kabi yangi tushunchalar kiritilgan.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda reklama davlat tilida tarqatilishi va reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklama aylanishi sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatishga bo‘lgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida 5 yil muddatga beriladi.
Qonun bilan quyidagilar taqiqlanadi:

  • ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish;

  • ta’lim muassasalarida foydalaniladigan bosma nashrlar (darsliklar, kundaliklar, daftar va boshqalar)da tovarlarni reklama qilish;

  • narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;

  • bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;

  • milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish;

  • energetik ichimliklarning reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilish;

  • tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini reklama qilish.

Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar belgilangan miqdorlarda pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.
Xususan, ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi yoki reklama qilinishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan mahsulot to‘g‘risida reklama uchun BHMning 100 baravari miqdorida jarima solinadi.
Nomaqbul reklama berganlik, aksilreklamani berishni rad etganlik uchun BHMning 70 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Download 36.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling