Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KONCHILIK FAKULTETI
Geomexanika fanidan
Bajardi: 33Sa-20 KI guruh talabasi
Komilov O’
Qabul qildi: Jiyanov A.
2022- yil.
Deformatsiyalarning tasniflanishi
Reja:
To‘kilma va o‘pirilish deformatsiyalarning turlari va ularning sodir bo‘lish sabablari.
Pog‘onalar va karer bortlarida surilish deformatsiyalari.
Davriy, qoplamali va bog‘lanishli surilmalarning sodir bo‘lishi.
Qatlamli tog‘ jinslari massivi ustki va yon tomonida chuqur surilmalar.
Tog‘ jinslari massivi deformatsiyasi murakkab injener-geologik jarayon bo‘lib, tabiiy va texnogen omillar ta’siri ostida kon lahimlari chegaralari formasining o‘zgarishiga olib keladi. Deformatsiyaning intensivligi va ko‘rinishi tog‘ jinslari massivining geologik va gidrogeologik tuzilishi, shuningdek, unga texnogen ko‘rinishdagi ta’sir turiga bog‘liqdir.
Karerborti va pogonalardagitog‘ jinsi massivlarining quyidagi asosiy deformatsiyalanish ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin.
To‘kilishdeformatsiyasi– bu maydalangan tog‘ jinslari bo‘lak-larining qiyaliklar va qiyalik asoslarida to‘planishidir. Bu ko‘rinishdagi karer borti deformatsiyasi juda keng tarqalgan va barcha turdagi tog‘ jinslari (qoyali, bog‘lanmagan alohida donador va yumshoq bog‘langan) uchun xarakterlidir. SHamol ta’sirida nuragan tog‘ jinslari siniq bo‘laklari to‘kilmalarga joylashadi. Maydalangan tog‘ jinslari bo‘laklari o‘lchamlari va ko‘rinishi turli xil bo‘lishi mumkin va ular tog‘ jinsi turiga, tarkibiga, namlik va darzlikka bog‘liq bo‘ladi.
To‘kilmalar yotish shakliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |