Mustaqil ishi bajardi: 33Sa-20 ki guruh talabasi Komilov O’ Qabul qildi: Jiyanov A


Karer bortlari va pog‘onalarda surilish deformatsiyalari


Download 23.52 Kb.
bet3/7
Sana03.12.2023
Hajmi23.52 Kb.
#1801640
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik-fayllar.org

Karer bortlari va pog‘onalarda surilish deformatsiyalari – karerlarda tog‘ jinslari massivi qiyaliklari (ba’zan uning asosi) da yotgan tog‘ jinslarining sekin siljishini ifodalaydigan murakkab ko‘rinishdagi va juda keng tarqalgan deformatsiya turi hisoblanadi. Har qanday surilmalar doimo tashkil topish elementi va bitta yoki bir nechta majburiy siljish yuzalarida tog‘ jinslari massasining siljishi tufayli yuzaga keladi. Surilmalar qiyalikni emiradi, ko‘rinishini o‘zgartiradi va qandaydir omillar ta’siri ostida tog‘ jinsi massivi turg‘unligining yo‘qolganligidan darak beradi.
Surilmalar doimo o‘zining o‘lchamlari, tog‘ jinslari massasining siljish shakli, surilishning shakllanish sur’ati, ularning shakllanish sabablari va boshqa sabablarga ko‘ra turli xil bo‘ladi.
Surilmalar hajmi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: kichik (suriladigan tog‘ jinsi hajmi 100 va 1000 m3); o‘rtacha (suriladigan tog‘ jinsi hajmi 10 ming va 100 ming m3) va katta (suriladigan tog‘ jinsi hajmi million m3).
Har qanday sur’atda sodir bo‘ladigan barcha surilmalarning shakllanish jarayonida turli xil davr va bosqichlar kuzatiladi. Har bir surilmaning rivojlanish sur’ati 3 ta bosqichga bo‘linadi:
a) tayyorlanish bosqichi – surilish bir necha oy yoki yil davom etishi mumkin. Tog‘ jinslari massiviga doimiy (karer bortlari va pog‘onalarga qo‘shimcha yuklamalar berilganda, portlatishning seysmik ta’sirida) ta’sir ko‘rsatganda esa eng kichik darajagacha qisqarishi mumkin. Bu bosqich jarayonida tabiiy va sun’iy (texnogen) omillar ta’siri ostida massivning turg‘unligi asta-sekin kamayib boradi. Turg‘unlikning zahira koeffitsienti asta-sekin yoki sakrashsimon tarzda kamayib boradi va massiv chegaraviy muvozanat holatiga o‘tadi. Tayyorlanish bosqichida mikrosiljish va darzliklarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. YUmshoq bog‘langan tog‘ jinslarida cho‘ziluvchanlik deformatsiyalari tasniflanadi. Bu deformatsiyalar ko‘zga ko‘rinmas bo‘ladi va ularni maxsus asbob-anjomlar yordamida aniqlash mumkin.
b) surilmaning haqiqiy hosil bo‘lish (yuzaga kelish) bosqichi – bu jarayon ham bir necha sekunddan, hattoki bir necha oyga qadar dovom etishi mumkin. Bu bosqich uchun tog‘ jinslari massivi birdaniga o‘z turg‘unligi yo‘qotishi va suriluvchi tana yoki uning alohida qismining eng katta siljish tezligi xarakterli hisoblanadi.
v) surilmaning mavjud bo‘lish (barqarorlik) bosqichi – surilmaning barqarorlik bosqichi siljituvchi va ushlab turuvchi kuchlar muvozanat holatida paydo bo‘ladigan qiyaliklarning yangi geometrik o‘lchamlari shaklangandan so‘ng yuzaga keladi. Boshqa holatlarda surilmalar, ularning yuzaga kelish sabablarini bartaraf etilishi natijasida barqaror bo‘lishi mumkin.
Tog‘ jinslari massivining surilish deformatsiyalari yuzaga kelish formasi va rivojlanish dinamikasi bo‘yicha har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ular karer bortining geologik tuzilishi va geometrik o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Surilmalarning quyidagi turlarga bo‘linadi:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling