Mustaqil ishi bajardi: Javliyev a tekshirdi: Axmedov a shahrisabz


Download 1.17 Mb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1320176
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bijg\'sh mahsulotlarida suvning ko\'rsatgichlari

Achitqilar.
Achitqilar bir xujayrali mikroorganizmlar bo‘lib askomitset sinfiga kiradi (sumkali zamburug‘). Achitqilar burtib chiqib ajralish (pochkovanie) usuli bilan ko‘payadi va baъzi xollarda (ozuqa muxiti etishmaganda) spora xosil kilish yuli bilan xam ko‘payadi.
Achitqi xujayralari tuxum, ellipsoid, burama shaklida bo‘ladi va uni kattaligi 6-11 mkm bo‘ladi va bu achitqini turiga va ko‘rinishiga bog‘liq.
Achitqi xujayralari qobiq qismidan, sitoplazmadan va yadrodan tashkil topgan. Tashqi qobig‘i polisaxaridlardan (gemitsellyuloza) va xitindan, ichki qismi esa oqsil moddalardan, fosfolipidlardan va lipoidlardan tashkil topgan. Sitoplazma geterogen strukturaga ega va quyuq konsistensiyali – oqsil moddali bo‘lgani uchun kolloidli xususiyatga ega.
Yosh xujayrani sitoplazmasi gomogen, qari xujayrada vakuola xosil bo‘ladi, donachali yog‘ va lipoidli granula ko‘rinishda bo‘ladi. Sitoplazmada (xondriosoma, mikrosoma, vakuola) muxim fermentativ jarayonlar ketadi.
Mitoxondriyada uch karbon kislota sikli va oksidlanishli, fosforlanish reaksiyalari ketadi va xujayrani «quvvat stansiyasi» xisoblanadi. Bu erda aminokislotalarni oksidlanishi, oqsil va lipidlarni va boshqa moddalarni sintez jarayonlari yuz beradi.
Yadroda nasliy belgilar (DNK va RNK) saqlanadi
Vakuola xujayra suyuqligi bilan to‘ldirilgan va sitoplazmadan ajralgan xolatda bo‘ladi.
Xujayra suyuqligida tuzlar, uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va fermentlar bo‘ladi. Bundan tashqari xar xil organik birikmalar xam bo‘ladi. Ular fermentativ parchalanishga uchrab achitqilarni faoliyati uchun mahsulot bo‘lib xizmat kiladi.
Spirt ishlab chiqarishda ko‘llaniladigan achitqilar yuqori bijg‘itish energiyasiga, anaerob nafas olish turiga, o‘zini chiqarayotgan mahsulotiga chidamli va muxit tarkibiga chidamli bo‘lishi kerak.
Bijg’ish jarayonlari
• Bijg’ish jarayonlari xilma–xil mikroorganizmlar ishtirokida sodir bo’ladi va turli–tuman mahsulotlar sintezlanishini ta‘minlaydi. Shunga ko’ra, bijg’ish jarayonining nomi hosil bo’lgan mahsulot yoki bijg’ish jarayonida sarflanadigan moddaning nomi bilan ataladi. Etil spirtli bijg’ish vino, pivo tayyorlashda va xamir oshirishda ularga o’ziga xos ta‘m berish uchun qadimdan foyda¬lanib kelingan bo’lsada, uning biologik jarayon ekanligini Frantsiyalik olim Lui Paster (1858) aniqlagan.
Spirtli bijg'ish uchun turli mahsulotlardan foydalanish mumkin:
1.tarkibida kraxmal bo'lgan mahsulotlar (bug'doy, афа, javdar, makkajo'xori, kartoshka); 2.tarkibida shakar bo'lgan mahsulotlar (lavlagi, shakar patokasi); 3.yog'och qipig'iga HCi va H2S04 bilan ishlov beriladi, qipiq shakarga aylanadi, keyin bu mahsulotga nitrat, fosfat tuzlari va vino achitqilaridan qo'shiladi. 1m3 qipiqdan 158 litr metil spirti olinadi. 4.hozirgi vaqtda spirt sintctik yo'l bilan etilen gazidan olin-moqda:
Achitqilar va ularning turlari.
• Madaniy achitqilar saxaromitses oilasiga mansub bo’lib “Saccharomuces cerevisiae” deb nomlanadi. Achitqilarni ko’payishi uchun eng qulay harorat 25-30 °C, eng minimal harorat 2-3°C atrollda. Harorat 40°C da ular ko’payishdan to’xtaydi va achitqilar o’ladi, lekin past haroratda achitqilarni rivojlanishi (ko’payishi) to’xtasa ham ular sovuqga chidamli bo’lganligi sababli - 180 °C da (suyuq havo) ham o ’lmaydi. Har xil achitqi rossalari uchun qandning kontsentratsiya chegara qiymati turlichadir. Qand kontsentratsiyasi yuqori bo’lgan muhitda achitqilarni havot faoliyati to’xtaydi, chunki bunda osmotik bosim ortganligi sababli uning ma’ium qiymatida achitqi hujayralarining plazmolizi boshlanadi. Hujayrani suvsizlanishi natijasida hujayra qobig’ining protoplazmali qatlamlanishi va hujayra suvi bosimini keskin kamayishiga bog’liq bo’lgan siqilishiga plazmoliz deyiladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling