Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023


Forish tumaniga iqtisodiy geografik tavsif


Download 100.51 Kb.
bet2/8
Sana01.11.2023
Hajmi100.51 Kb.
#1737867
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Hamraqulov S

1. Forish tumaniga iqtisodiy geografik tavsif
Forish tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda tashkil etilgan. 1962-yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1964-yilda qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarqand, 1964-yil Sirdaryo, 1974-yil Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, sharqdan Jizzax, Zafarobod, Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari, janubidan Gʻallaorol tumani, gʻarbdan Samarkand, Navoiy viloyatlarining Qoʻshrabot, Nurota tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 9,53 ming km².

1-rasm. Forish tumani xaritasi

Xoʻjaligi. Tumanda, asosan, qishloq xoʻjaligining chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik, tokchilik tarmoqlari rivojlangan. Forish tumani hududidan qoʻrgʻoshin, pyx, ohaktosh, bazalt, marmarlashgan qora ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi. Tumandagi „Karbonat“, Uchquloch koni, „Devon“, „Forteks“ va boshqa korxonalar samarali faoliyat koʻrsatmokda.


Qishloq xoʻjaligi. Tumanning umumiy yer fondi 474,3 ming ga. Tumanda chorvachilikka ixtisoslashgan 4 ta, sabzavot va bogdorchilikka ixtisoslashgan bitta, gʻallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan 7 ta shirkat xoʻjaligi mavjud.
400 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmokda. Ekin maydonining 12,5 ming gektariga gʻalla (asosan, lalmikor), 90 gektariga sabzavot, 707 gektariga poliz ekinlari ekiladi. 609 ga boglar, 1058 ga tokzorlar bilan band. Forish tumani shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida 22,2 mingdan ziyod qoramol, 31 ming kuy va echki, 34,5 ming parranda, 3,6 ming yilqi boqiladi. Tuman oʻrmon xoʻjaligi hisobida 80 ming ga yer mavjud. Shundan 2000 gada saksovulzor, 130 gada yongokzor barpo etilgan. Oʻrmon xoʻjaligida sariqchoy, kiyikoʻt, togʻrayhon, naʼmatak, ravoch kabi dorivor oʻsimliklarni yigʻib dorixonalarga topshiriladi. Xoʻjalik yiliga 10 ming tup yongʻoq, tok koʻchatlarini tayyorlab axrliga yetkazib beradi.
Jizzax viloyatida mamlakat aholisining 4 foizi jamlangan. Aholining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Viloyat aholisining 81 foizidan ko‘prog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi. Viloyat o‘zining yoqilg‘i-energetika majmuasiga ega emas. Unga tabiiy gaz Buxoro viloyatidan, elektr quvvati esa Sirdaryo viloyatidan keltiriladi. Tog‘-kon sanoati Qo‘ytoshda rivojlangan. Shimoliy Nurota tog‘larida volfram-molibden konlari ishlab turibdi. Qazib olinayotgan rudalar Chirchiqdagi qiyin eriydigan va issiqqa chidamli qotishmalar kombinatining asosiy xomashyosidir.
Jizzaxda akkumulator zavodi, trikotaj fabrikasi, polietilen ishlab chiqaruvchi va qurilish materiallari zavodlari bor. Xorijiy firmalar bilan 20 ga yaqin qo‘shma korxonalar tashkil topgan. Sanoat mahsulotining asosiy qismi yengil sanoatda hosil qilinmoqda. Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida salmoqli oʻrin tutadi. Xususan, paxta, gʻalla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilikni rivojlantirishga eʼtibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogʻi oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat koʻrsatayotgan 9400 ga yaqin xoʻjalik subʼyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoʻjaliklaridir.

Download 100.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling