Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023
Download 100.51 Kb.
|
1. Hamraqulov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari
Forish tumani xoʻjaligi. Tumanda, asosan, qishloq xoʻjaligining chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik, tokchilik tarmoqlari rivojlangan. Forish tumani hududidan qoʻrgʻoshin, pyx, ohaktosh, bazalt, marmarlashgan qora ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi. Tumandagi „Karbonat“, Uchquloch koni, „Devon“, „Forteks“ va boshqa korxonalar samarali faoliyat koʻrsatmokda.
Qishloq xoʻjaligi. Tumanning umumiy yer fondi 474,3 ming ga. Tumanda chorvachilikka ixtisoslashgan 4 ta, sabzavot va bogdorchilikka ixtisoslashgan bitta, gʻallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan 7 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. 400 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmokda. Ekin maydonining 12,5 ming gektariga gʻalla (asosan, lalmikor), 90 gektariga sabzavot, 707 gektariga poliz ekinlari ekiladi. 609 ga boglar, 1058 ga tokzorlar bilan band. Forish tumani shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida 22,2 mingdan ziyod qoramol, 31 ming kuy va echki, 34,5 ming parranda, 3,6 ming yilqi boqiladi. Tuman oʻrmon xoʻjaligi hisobida 80 ming ga yer mavjud. Shundan 2000 gada saksovulzor, 130 gada yongokzor barpo etilgan. Oʻrmon xoʻjaligida sariqchoy, kiyikoʻt, togʻrayhon, naʼmatak, ravoch kabi dorivor oʻsimliklarni yigʻib dorixonalarga topshiriladi. Xoʻjalik yiliga 10 ming tup yongʻoq, tok koʻchatlarini tayyorlab axrliga yetkazib beradi. 4.Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari Mamlakatimizda so’nggi yillarda muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan har bir hududni o’z ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy salohiyatidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Jizzax shahrida ham ko’plab dastur va loyihalar ishga tushirilgan va bu jarayon uzliksiz davom etmoqda. Jizzax viloyatining markazi hisoblanmish Jizzax shahri ham mamlakatimizning boshqa qator yirik shaharlar singari kuchli strategik ahamiyat ega. Jizzax viloyati shimoli-sharqda Qozog’iston Respublikasi (162 km), sharq tomonidan Sirdaryo viloyati, janubi-sharqdan Tojikiston Respublikasi (303 km), janubi-g’arbdan Samarqand viloyati va g’arbdan Navoiy viloyati bilan chegaradosh bo’lib, shimoldan janubga 175 km, g’arbdan sharqqa 150 km ga cho’zilgan. Viloyat hududining maydoni 21.2 ming km2 bo’lib, (respublika ma’muriy hududlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan keyin beshinchi o’rinda turadi), bu mamlakat umumiy maydonining 4,5 foizini tashkil etadi. Jizzax shahri Jizzax viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Sangzor daryosi boʻyida, dengiz sathidan 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent–Samarqand temir yo'l va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Shahar geografik nuqtai nazardan O'zbekiston markazida joylashgan bo'lib, Respublikaning janubiy va shimoliy-sharqiy qismini boshqa qismlari bilan bog'laydigan yirik transport tuguni hisoblanadi. Katta O'zbek trakti (Toshkent-Termiz) va Toshkent-Samarqand temir yo'li Jizzax shahri orqali o'tadi. Nurota tizmasining shimoliy etaklarida, Sanzor daryosi boʻyida, Mirzachoʻl dashtining janubiy qismida joylashgan. Aholisi 152.6 ming kishi (2022-yil), asosan oʻzbeklar, ruslar, tatarlar, ukrainlar, eroniylar va boshqalar ham yashaydi. Shahardagi mavjud 32 ta mahallada 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Jizzaxda 1920-yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930-yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan shahar sanoatiga asos solgan ohak zavodi. Keyinchalik Jizzax viloyati tashkil etilgandan keyin bir qator oziq-ovqat, to'qimachilik, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlariga tegishli korxonalar qurilib, ishga tushirilgan. Xususan, 1932-yil shahar elektr stansiyasi, 1942-yilda paxta zavodi, 1943-yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949-yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960-yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushirilgan. Bugungi kunda zamonaviy Jizzax shahrining qiyofasi tubdan o’zgargan. Shaharning qaysi nuqtasiga, qay tomoniga qaramang, obod va ko’rkam, muhtasham va zamonaviy. Xususan bir tomonda zamonaviy ko’p qavatli turar-joy majmualari bo’y ko’targan bo’lsa, bir tomonda o’z tabiat boyliklarini va go’zalligini saqlab qolgan ko’rkam bog’lar, bir tomonda aholi bandligini ta’minlayotgan va bozorlarimizga mahsulot va xizmatlar yetkazib berayotgan korxonalar bo’lsa, bir tomonda shahar aholisining dam olish vaqtlarini maroqli o’tishida o’z hissasini qo’shayotgan zamonaviy stadion va bolalar teatri kabi ko’ngilochar majmualar. Albatta bularning barchasidan ko’zlangan maqsad, shubhasiz, shahar aholisining turmush tarzini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash bilan birgalikda aholiga yuqori sifatli xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishdir. Albatta har joyda bo’lgani kabi Jizzax shahrida ham o’z yechimini kutayotgan qator muammolar ham yo’q emas. Insoniyat har qaysi zamonda o’zi uchun qulayliklar yaratishga o’rgangan va bunga moyildir. Ko’pchilik shaharlarda bo’lgani kabi Jizzax shahri aholisi ham yildan-yilga ortib borishi natijasida urbanizatsiyalashgan hudud kengayib, shaharning Sharof Rashidov tumaniga tutash zonalariga ham o’z ta’sirini o’tkazib ulgurgan. Viloyatning boshqa tumanlaridan farovon hayot, yuqori sifatli turmush tarzi istab viloyat markaziga tashrif buyurayotgan aholini turar joy, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bandligini ta’minlash borasida qator muammolar bunga isbotdir. Ushbu kurs ishini yozishdan ko’zlangan asosiy maqsad ham aynan shunda, Jizzax shahrini kompleks o’rgan holda, undagi mavjud muammolarni yechimini topib, ilmiy asoslarini ishlab chiqish va tahlil qilish. Sanoatning asosiy tarmoqlari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, go‘sht-sut chorvachiligi. Viloyat o‘zining yoqilg‘i-energetika majmuasiga ega emas. Unga tabiiy gaz Buxoro viloyatidan, elektr quvvati esa Sirdaryo viloyatidan keltiriladi. Tog‘-kon sanoati Qo‘ytoshda rivojlangan. Shimoliy Nurota tog‘larida volfram-molibden konlari ishlab turibdi. Qazib olinayotgan rudalar Chirchiqdagi qiyin eriydigan va issiqqa chidamli qotishmalar kombinatining asosiy xomashyosidir. Jizzaxda akkumulator zavodi, trikotaj fabrikasi, polietilen ishlab chiqaruvchi va qurilish materiallari zavodlari bor. Xorijiy firmalar bilan 20 ga yaqin qo‘shma korxonalar tashkil topgan. Sanoat mahsulotining asosiy qismi yengil sanoatda hosil qilinmoqda. Qishloq xo‘jaligi. Viloyat hududida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan 1,2 mln gektar yer bor. Buning 1/3 qismidan dehqonchilikda foydalanilmoqda. Viloyatda paxta bilan birga g‘allakorlik ham katta salmoqqa ega. G‘alla maydonining kattaligi jihatidan Jizzax viloyati mamlakatimizda oldingi o‘rinlarda turadi. Mustaqillikdan oldin 210 ming tonna paxta, 80 ming tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich bir necha barobar oshdi. Viloyatda yaylov chorvachiligi, g‘allakor tumanlarda parrandachilik keng rivojlangan. Jizzaxda qorabayir zotli ot yetishtiradigan maxsus xo‘jalik bor. Jizzax temiryo‘l, avtomobil yo‘llari bilan yaxshi ta’minlangan. Ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq avtomobil yo‘llari qurilishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Shaharlari. Jizzax shahri viloyatning ma’muriy markazidir. U dengiz sathidan 450 m balandda, Sangzor daryosi bo‘yida qad ko‘targan. Toshkent-Samarqand temiryo‘li va Katta O‘zbek trakti shahar yaqinidan o‘tadi. XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Viloyat 1973-yil 29-dekabrida tashkil topgan. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. Shimolda Qozogʻiston, janubda Tojikiston, gʻarbda Samarqand va sharqda Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralanadi.Jizzax viloyatidagi asosiy shaharlardan biri Jizzax shahridir. Jizzax shahri viloyatning ma’muriy markazidir. U dengiz sathidan 450 m balandda, Sangzor daryosi bo‘yida qad ko‘targan. Toshkent– Samarqand temiryo‘li va Katta O‘zbek trakti shahar yaqinidan o‘tadi.Jizzaxda XX asr boshida tegirmon, juvozkashlik, temirchilik va kulolchilik korxonalari bo‘lgan. Endilikda shaharda oziq-ovqat, yengil hamda kimyo va mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Jizzax – obod, ko‘kalamzor shahar. Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, bir qancha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ko‘plab maktablar faoliyat yuritmoqda. Aholisi 1 km2 ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi. Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va boshqalar .Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30%, qishloq aholisi 70% ni tashkil etadi. Jizzaxda XX asr boshida tegirmon, juvozkashlik, temirchilik va kulolchilik korxonalari bo‘lgan. Endilikda shaharda oziq-ovqat, yengil hamda kimyo va mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Jizzax - obod, ko‘kalamzor shahar. Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, bir qancha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ko‘plab maktablar faoliyat yuritmoqda. 2022 yil 1-yarim yilligi yakunlariga ko‘ra Jizzax viloyati iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi. Yil yakunlariga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 10,8 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 104,5% ni, YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi 42,0% (2021 yilning mos davriga nisbatan 3 punktga kam), sanoat ulushi 15,9% (+3,1), qurilish ishlari ulushi 7,2% (-0,5), xizmatlar ulushi 34,9% (+0,4), tashkil etdi. Download 100.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling