Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023
Tuman xo’jaligining ixtisoslashuvi
Download 100.51 Kb.
|
1. Hamraqulov S
3. Tuman xo’jaligining ixtisoslashuvi
Jizzax viloyatida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfat-xlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux,temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor. G‘allaorol hududida shifobaxsh suv, Baliqchi ko‘lida esa shifobaxsh balchiq ko‘p. Uchquloch konidan polimetall rudasi, Marjonbuloq konidan oltin, Oqtosh, Qoratosh va Uzun konlaridan marmar qazib olinadi. Marjonbuloq oltin koni -Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi kon. Bahorikor temir yoʻl stansiyasidan 9 km sharqda, Janubiy Nurota togʻlarining sharqiy tarmogʻidagi Marjonbuloq qirlarida joylashgan. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan oltin rudalari Markaziy va Gʻarbiy uchastkalardan qazib olinadi. Rudalanish deyarli kenglik boʻylab yotuvchi uchta tik yon bagʻirli uzilma zonasida (Shimoliy, Oraliq va Janubiy) joylashgan. Hozirgacha toʻrtta uchastka — Sariqbel, Ukraina, Gʻarbiy va Tangi razvedka qilingan, shuningdek, Sharqiy va Goʻshsoy uchastkalari baholangan. Rudadagi oltin miqdori oʻrtacha 2—6 g/t. 25 ta rudali tana aniqlangan. Rudalanish jarayonida 60 dan ziyod mineral vujudga kelgan. Rudadagi sulfidlar miqdori 0,5 dan 5,0% gacha. Oltinli rudalanish uchun pirit-arse-nopiritli mineral assotsiatsiyasi, ayniqsa, harakterli. Oltin probasi 680—740 oraligʻida. Elementlarning ruda maydoniga xos ikkita geokimyoviy assotsiatsiyasi — As-Au-Ag va Ni-Zn-Pb • Sb Ai aniqlangan Hozirgi Jizzax viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi bu xududda savdo madaniyatining tez rivojlanishiga taʼsir etdi. Ilk oʻrta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta boʻlgan. 8—9-asrlarda kulollik, zargarlik, aravasozlik kabi mahallalarining mavjudligi milliy hunarmandchilikning oʻsha davrlarda rivojlanganligidan darak beradi.Viloyatdagi ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarini hududiy jihatdan Jizzax, Gʻallaorol, Dashtobod, Doʻstlik shaharlaridagi sanoat tarmoqlariga ajratish mumkin. Bular foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil sanoat (ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj fabrikalari), oziq-ovqat sanoatidir. Viloyatda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning salmogʻi sezilarli. Shulardan Dashtobod qurilish materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, gʻisht zavodlari, Dashtobod, Doʻstlik un kombinatlari, Jizzax mebel fabrikasi ishlab turibdi. Jizzax viloyatida konchilik tarmogʻi ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991 — 2001 yillar davomida Jizzax viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. "Jibri" (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, "Kumush tola" (Oʻzbekiston—Tojikiston) qoʻshma korxonasi yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, "Paxta interneyshnl" (Oʻzbekiston—Suriya) qoʻshma korxonasi yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega, "Baxmalsharob" (Oʻzbekiston—Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi "Irjartekstil" (Oʻzbekiston—Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi "Madina" (Oʻzbekiston—Xitoy), "Jizzax—Telekom" (Oʻzbekiston —Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida "Vollastonit" ishlab chiqarish sexi (Oʻzbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Vostok LTD", "Belogorsk" qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir. Yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi "Oʻzeksayd" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). "Zilolateks" aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Download 100.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling