Mustaqil ishi Bajardi: Xolmirzayev Xursandbek Guruh: 3-kurs 15 guruh Tekshirdi: Shaymanov J


Download 84.34 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi84.34 Kb.
#1379482
  1   2
Bog'liq
O\'ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIYOT KO\'RSATKICHLAR TAHLILI



Makroiqtisodiyot fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi:Xolmirzayev Xursandbek
Guruh: 3-kurs 15 guruh
Tekshirdi: Shaymanov J


O'ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIYOT KO'RSATKICHLAR TAHLILI.
Reja:
Kirish
1.O'ZBEKISTONDA BARQAROR O'SISHNI TAMINLASHNI OMILLARI


2.O’zbekistonda makroiqtisodiyot ko'rsatkichlar tahlilini o'rganish
3. O’zbekistinda makroiqtisodiyotni barqaror o’sishni taminlashni yo’llari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

KIRISh
Mavzuning dolzarbligi.Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish har qanday iqtisodiy siyosatning eng asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Barqarorlikka erishish esa makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishi va ommaviy ishsizlikni oldini olish, pul qadrsizlanishini, pul emissiyasining boshqarilishini ta'minlash, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab chora–tadbirlar olib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham respublikamizda bunday chora–tadbirlar mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab amalga oshirila boshlandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan chora–tadbirlar, jumladan, iqtisodiyot tarkibini o'zgartirish, ustuvor tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolini yaxshilash, pulning qardsizlanish jarayonini to'xtatish, to'lov balansi va davlat valyuta rezervlar holatini yaxshilash va buning natijasida O'zbekistonning tashqi iqtisodiy munosabatlarda tutgan o'rnini mustahkamlash, ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli ijtimoiy siyosat olib borish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim omil bo'lib xizmat qildi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, islohotlar mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo'naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tish modelidan kelib chiqib amalga oshirildi. Ya'ni, iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo'lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o'z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o'z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta'minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillarga asoslanib olib borilgan iqtisodiy siyosat mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash imkonini berdi.
- makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish muammolarini tadqiq etishning nazariy va uslubiy asoslarini o'rganish;
- makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uning mohiyati ochib berish;
- makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar tizimini tadqiq qilish;
- O'zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash borasidagi chora–tadbirlarni o'rganish;
- makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlilini amalga oshirish;
- iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy o'sish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini ko'rsatib berish;
- O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash yo'nalishlaridan biri sifatida pul - kredit siyosatining rolini asoslab berish;
- matematik modellashtirish usulidan foydalangan holda O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari prognozini amalga oshirish.
– iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hozirgi holati talablaridan kelib chiqqan holda mavzuning nazariy va uslubiy asoslari umumlashtirildi hamda ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqildi;
– O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari dinamikasi tahlil qilindi va yangi tendentsiyalar aniqlandi;
– mavzu bo'yicha iqtisodiy matematik model ishlab chiqildi va u yordamida O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari prognoz qilindi.
Tadqiqotda asosiy masalalar va farazlar. O'zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash yo'nalishlarini belgilash, iqtisodiy ko'rsatkichlar o'rtasidagi miqdoriy bog'liqliklarni o'rganish, makroiqtisodiy barqarorlik ko'rsatkichlarini ekonometrik usullar yordamida prognozlashdir.
Jamiyatda makroiqtisodiy muvozanatni vujudga keltirish takror ishlab chiqarish jarayonining asosiy muammolaridan biridir. Kishilik jamiyatining rivojlanishi jahon miqyosida aholi sonining o'sishi, hozirgi kunga kelib, 7 mlrd. kishidan oshib ketdi. Unga mos ravishda o'sib borayotgan aholi iste'mol hajmini, turmush darajasini ta'minlovchi takror ishlab chiqarish jarayoni har doim kengayib borishi taqozo etiladi.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. XXI asr dunyo mamlakatlari insoniyatga tahdid soladigan jiddiy xavf-xatarlarga duch kelmoqda. Milliy iqtisodiyotlar rivojlanishida barqarorlikka erishish jahon hamjamiyatining asosiy muammosiga aylanmoqda. Iqtisodiy tizimning xavfsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan tizimni yarata olmagan millatlar o'zligini yo'qotib qo'yishi yoki tarix sahnasidan umuman tushib ketishi mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash hukumatning eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi, shuning uchun uning mohiyati va xususiyatlarini o'rganish iqtisodiyotning inqirozdan keyingi rivojlanish bosqichida dolzarb bo'lmoqda.
Makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy-uslubiy asoslarini yoritish quyidagi muhim masalalarni yechishni talab etadi: makroiqtisodiy beqarorlikni monitoring qilish metodologiyasini baholash; Umumjahon savdo tashkiloti a'zo davlatlari iqtisodiyoti muammolariga yechim topishda muqobil uslubiy qarashlar imkoniyatlarini baholash yo'li orqali makroiqtisodiy barqarorlik kontseptsiyasining uslubiy asoslarini ishlab chiqish; makroiqtisodiy barqarorlashtirishning globallashgan iqtisodiyotda mamlakat barqaror o'sishi eng muhim sharoitlaridan biri sifatida mazmuni va ahamiyati hamda o'rnini asoslash; bozorning dunyo miqyosida liberallashuvi sharoitida makroiqtisodiy tizimlar barqarorligini belgilovchi xavflarni aniqlash, shu jumladan institutsional tabiatdagilarni ham va hokazo.
Har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatlari makroiqtisodiy barqarorlikka erishishni ko'zlab ishlab chiqiladi. Iqtisodiyot fanida “Makroiqtisodiy barqarorlik” tushunchasini ta'riflashga bir nechta yondashuvlar mavjud: a) ichki va tashqi omillar ta'siri ostida shakllangan iqtisodiyot holati; b) takror ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish jarayoni; d) milliy iqtisodiyot moliyaviy-pul tizimining barqarorligi;
e) makroiqtisodiy muvozanat va boshqalar. Iqtisodiy tafakkur tarixida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning yo'llarini ko'rsatuvchi ta'limotlar, nazariyalar juda ko'p bo'lgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish bo'yicha ikki xil nazariy yondoshuv shakllangan: yangi klassik va keynscha.
Makroiqtisodiy barqarorlik nazariyasining asoschilari siyosiy iqtisodiyot klassiklari – F. Kene, A. Smit, D. Rikardo, D. Yum, J.B.Sey, D.S.Mill, T.R. Maltus, J.Sh.L.Sismondi, K.Marks sanaladi. Makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy asoslari barcha bozorlarda baravar barqarorlik g'oyasini himoya qilgan neoklassik nazariyasi namoyondalari asarlarida ham har tomonlama o'rganilgan: J.Klark, A.Marshall, F. Ejuort, I.Fisher, V.Pareto, L. Valras, K.Viksel, A.Pigu shular jumlasidandir.
Yangi klassiklar bozor iqtisodiyotining o'zi makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi va unga davlatning aralashuvi shart emas, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, mehnat bozori, narx va yalpi xarajatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi makroiqtisodiy barqarorlikka zarar yetkazadi.
Keynscha nazariyaning asosiy xulosalaridan biri bu davlatning iqtisodiyotda muhim barqarorlashtiruvchi rolining lozimligi bo'lib, ko'p hollarda Keynsning asosiy g'oyasi sifatida qabul qilinadi. Boshqacha aytganda, davlat iqtisodiy pasayish davrida, ya'ni iqtisodiyotda xususiy talabning yetishmasligi sharoitida o'z xarajatlarini oshirish hisobiga davriy pasayishga qarshi fiskal siyosatni amalga oshirish lozim.
Keynschilar esa, makroiqtisodiy barqarorlikka faqat bozor mexanizmi orqali erishish mumkinligini rad etadilar. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun ichki narxlarni muayyan darajada ushlab turish, milliy valyuta qadrini mustahkamlashga qaratilgan pul-kredit va moliya siyosati tadbirlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni o'stirish va bandlikni ta'minlash uchun qulay makroiqtisodiy muhitni barpo etish lozim, deb hisoblaydilar.
Biroq keyinchalik keynscha nazariya borasida bahs-munozaralar ortdi. Bunda munozaralar ob'ekti sifatida iqtisodiy pasayish davrida davlatning zarurligi, zarur bo'lsa, qaysi metodlar bilan iqtisodiyotni qo'lab-quvatlashi masalasi ko'tarildi. Bu bahsda tomonlardan biri davlat o'z xarajatlarini oshirish orqali iqtisodiy pasayishga javob berishi lozimligini uqtirsa, boshqa tomon iqtisodiy barqarorlik pul massasi ustidan nazoratni taьminlash orqali erishilishi lozimligini e'tirof etdi va bu oxir-oqibat monetarizim doktrinasi uchun ibtido bo'lib xizmat qiladi. Ammo bu ikki turli qarashlarda ham davriy rivojlanishlarning bosh manbai sifatida talabning tebranishi e'tirof etilganligini ta'kidlash lozim.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, ayniqsa mustaqil milliy iqtisodiyotni qurish va bozor iqtisodiyotiga o'tish hamda ular bilan bog'liq ravishda yuzaga keladigan tanglikdan chiqib ketish jarayonida oson emasdir. Mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari ayrim hollarda bozor munosabatlari doirasini toraytirib qo'yishi mumkin. Pul taklifini qat'iy cheklanishi kichik biznes rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, korxonalarning to'lov qobiliyatining pasayishiga olib keladi, ammo, bunday holatlar uzoq davom etmaydi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish iqtisodiy o'sishning, iqtisodiy inqirozni bartaraf etishning muhim sharti hisoblanadi. “Makroiqtisodiy barqarorlik biz uchun quruq maqsad emas, - deydi prezidentimiz I. Karimov – bu narsa iqtisodiyotni jonlantirish va uning tarkibini yangilash, investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ish joylarining sonini oshirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, aholining real daromadlarini oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratishning hayotiy zaruriy bosqichi sifatida muhimdir” .
Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasiga bugungi kun olimlari tomonidan ham turlicha fikrlar bildirilmoqda. Xususan ukrainalik iqtisodchi olim V.A. Mutalimovning “Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy xavfsizligi ta'minlashning asosiy maqsadi sifatida” mavzusidagi ilmiy ishida globallashuv va xalqaro savdo munosabatlarining erkinlashuvi sharoitida mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta'minlash mexanizmini yaratish zarurligi asoslab berilgan .
Unda makroiqtisodiy barqarorlikning mohiyati ochib berilgan va namoyon bo'lish shakllari ko'rsatilgan. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning maqsad va vazifalarini uyg'unligi aniqlangan. Milliy va xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy va uslubiy asoslari ochib berilgan. Unda “makroiqtisodiy barqarorlik” tushunchasini ta'riflashga bo'lgan asosiy yondashuvlar va shuningdek makroiqtisodiy beqarorlikning asosiy omillari tahlil qilingan.
V.A. Mutalimovning fikricha, makroiqtisodiy barqarorlik-bu iqtisodiyotning ichki va tashqi xavflarga mutlaq va yetarli bardoshliligi va bir vaqtning o'zida eng muhim ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuidir. “Makroiqtisodiy barqarorlik” kategoriyasining asosiy tarkibiy qismi “barqarorlik” atamasidir (lotinchadan stabilis). Barqarorlik - bu o'ziga xos bo'lgan tartibga solish vositalari yordamida uzoq vaqt mobaynida mavjud bo'la oladigan iqtisodiy tizim holatidir.
Makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy inqirozga barham berish, iqtisodiy taraqqiyotni ifodalovchi ko'rsatkichlarni muayyan darajada saqlab turish, umuman olganda iqtisodiyotni sog'lomlashtirish tushuniladi. Ma'lumki, barqarorlik – ma'lum bir tizimning tashqi ta'sirlar ostida joriy holatini saqlash qobiliyati hisoblanadi.Makroiqtisodiyotda barqarorlikesa buresurslardan foydalanish va aholi turmush darajasi o'rtasidagi uzoq muddatli muvozanatning saqlanishidir. Ilmiy manbalarda ushbu tushunchaning turlicha talqinini uchratish mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning narxlar darajasining barqarorligi va ishsizlik darajasining pastligi, milliy valyutaning barqarorligi, kapital, shu jumladan, uzoq davr mobaynida darajasi yuqori bo'lmagan inflyatsiya sharoitida xorijiy valyutaning erkin harakati jarayonida barqaror iqtisodiy o'sishga erishishni ta'minlovchi muntazam rivojlanishi; investitsiya va jamg'armalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan amalga oshiriladi.
B.Berkinov va F. Mamatovalarning fikriga ko'ra, “Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy o'sishini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik inflyatsiyaning past darajada bo'lgan va real almashuv kursi raqobatlasha oladigan darajada bir maromda bo'lgan holatni anglatadi. Bundan tashqari byudjet defitsiti va tashqi qarz barqaror narx va almashuv kursiga mos holda chegarada ushlab turiladi. Qachonki iqtisodiyot eksport narxlarining qat'iy salbiy ta'siri, jahon banklari foiz stavkalarining tezkorlik bilan o'sib ketishi kabi tashqi ta'sirlar ostida qolganda, davlatning fiskal va monetar siyosati inflyatsiya va almashuv kursining tebranishini oldini olish maqsadida tezda bu holatni tartibga soladi”. Bu ta'rifda makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar-iqtisodiy o'sish, inflyatsiya, milliy valyuta almashinuv kursi, byudjet taqchilligi, davlatning tashqi qarzi kabilar sanab o'tilgan, balki barqarorlikning yuzaga kelishi omillari va uni tiklash (ta'minlash) vositalari (fiskal va monetar siyosat) ham qayd etilgan.
Makroiqtisodiy barqarorlik(macroeconomic stability), bu milliy valyuta almashuv kursining, soliq stavkalari va bojxona bojlarining va boshqa xo'jalik sohalarining baholardagi barqarorligidir. Bu ishsizlikning past darajasi va iqtisodiy o'sish hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik hokimiyatning kuchayishi, jamiyat hayotining har bir jabhalarida qonunlarning so'zsiz amal qilishi va mamlakat oltin – valyuta zaxirasining o'sishi orqali yuzaga keladi.
Makroiqtisodiy barqarorlik– ishsizlikning paydo bo'lishi, ishlab chiqarish kuchlarining to'liq ishlamasligi, inflyatsiya va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib keluvchi iqtisodiy hayotning (iqtisodiy davrlarning) tebranishi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy o'sish sur'atlarining bir tekis dinamikasi ta'minlanishida, inflyatsiya sur'atining jilovlanishida, ishsizlik darajasining past sur'atda ta'minlanib turilishida, uzoq muddat milliy valyutaning almashinuv kursining pasayishi (devalьvatsiyasi) darajasining past sur'atlariga erishilishida, davlat byudjeti taqchilligi me'yorlar darajasida bo'lishida namoyon bo'ladi.
“Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik tarkibiy o'zgartirishlar, iqtisodiyotni jonlantirish, so'ngra uni bir maromda, muvozanatni saqlagan holda rivojlantirishning asosiy sharti sifatida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - bozorni shakllantirish yo'lidagi qonuniyatli va muqarrar jarayon. U eng avvalo tanglik hodisalariga barham berishga qaratilgan. Barqarorlashtiruvchi chora-tadbirlarning samaradorligi biz iqtisodiy tanglik va barqarorlik tushunchasiga qanday ma'no berishimizga, ularni qanday idrok qilishimizga, qaysi mezonlarga ko'ra baholashimizga ko'p jihatdan bog'liqdir” .
Odatda xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganlik darajasi quyidagi mezonlar yordamida baholanadi:
- barqaror iqtisodiy o'sish;
- to'la ish bilan bandlik;
- baquvvat to'lov balansi;
- ichki baholarning barqarorligi;
- foiz stavkalarining barqarorligi;
- valyuta almashuv kursining barqarorligi;
- daromadlarning taqsimlanish muammosi;
- davlat tashqi qarzining me'yori;
- davlat byudjet kamomadining YaIM ga nisbati;
Quyida makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi har bir mezonni xalqaro talablardan kelib chiqqan holda baholaymiz.
Iqtisodiy o'sish - aholi jon boshiga mamlakatda yaratilgan YaIM hajmining oldingi yilga nisbatan o'sishi orqali ifodalanadi. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko'rsatishicha mamlakatlarni yillik YaIMning o'sish sur'ati 7 % dan kam bo'lmasa, YaIMning hajmi 10 yilda 2 marta ko'payadi. Aksincha YaIMning yillik o'sish sur'ati 10 % dan kam bo'lmasa, mamlakat YaIM hajmi 7 yilda 2 marta ko'payadi.
Iqtisodiy o'sish nuqtai nazaridan mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish yillarini 3 bosqichga bo'lib o'rganish mumkin: 1991-1995 pasayish yillari bo'lib, bu davrda mamlakatimiz YaIM yildan yilga pasayib borgan; 1996-2003 barqarorlashtirish yillari bo'lib, bu bosqichda mamlakatimiz YaIM ishlab chiqarishda pasayish tendentsiyasiga barham berilib, har yili 4-5 foiz o'sish ta'minlandi; 2004-2014 yillar yuqori o'sish sur'atlari ta'minlangan yillar bo'lib, YaIMning o'sish sur'atlari 8 foizdan ziyodni tashkil qildi.
To'la bandlik deganda mamlakatda yashayotgan barcha aholini ish bilan bandligi nazarda tutilmaydi.Ishsizlik darajasi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanib, xalqaro mezonlarga ko'ra ishsizlik darajasining kritik nuqtasi 10 % va tabiiy ishsizlik darajasi esa 5-6 % atrofida bo'lishi kerak. Mamlakatimizda ham keyingi yillarda aholini ish bilan bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, har yili yangi ish o'rinlarini yaratish borasida hukumat qarorlari asosida dasturlar qabul qilinmoqda va natijada yiliga qariyb 1 mlnga yaqin yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishilmoqda. Ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda ishsizlikning tabiiy darajasi o'rtacha 4,5-5 foiz atrofida bo'lmoqda va ushbu ko'rsatkichning me'yoriy darajadan (6 foiz) pastligi mamlakatimiz uchun ijobiy holatdir.
Baquvvat to'lov balansi - ma'lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o'rtasida bo'ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo'nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo'nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Ichki baholarning barqarorligi (past darajadagi inflyatsiya) deganda tovar va xizmatlarga narxlar darajasining oshishi va buning natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi tushuniladi. Past darajadagi inflyatsiya va uning me'yorlari:
- Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun – 2,0 %;
- Boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun – 3,0 %;
- Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun – 10 % gacha.
Keyingi 15 yilda mamlakatimiz tashqi savdosi ijobiy salьdo bilan ijro etilmoqda. O'zbekistonda oxirgi 10 yilda joriy hisoblar balansi musbat bo'lib, mamlakatimiz oltin valyuta zaxirasini oshirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko'rish mumkin.
Valyuta almashuv kursining barqarorligi – milliy valyutani jahonning qattiq valyutalariga (AQSh dollari, yevro, funt-sterling va h.k.) nisbatan almashuv kursining dinamikasi yordamida baholanadi. Agar davlat ikkita valyuta kursiga ega bo'lgan bo'lsa, bu kurslar o'rtasidagi farq 20 % dan oshmasligi kerak.Milliy valyutamizning konvertatsiyasi 2003 yildan boshlangan bo'lib, bugungi kunda uning chet el valyutalariga nisbatan qadri oshib bormoqda. Masalan, 2014 yilda olib borilgan valyuta siyosati ta'sirida so'mning almashuv kursi Xitoy yuaniga nisbatan 7,2 foizga, funt sterlingga nisbatan 4,0 foizga, Koreya voniga nisbatan 5,7 foizga va Turkiya lirasiga nisbatan 2,1 foizga pasayib, eksportni rag'batlantirishga xizmat qildi.
Makroiqtisodiy muvozanatning yana bir muhim ko'rsatkichi – bu ishlab chiqarilayotgan milliy daromadning aholi orasida taqsimlanishining odillik darajasi.Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. Daromadlarning odil taqsimlanishi ko'rsatikichini aniq va yaqqol Jini koeffitsiyenti ifodalaydi.
Jini koeffitsiyenti 0 ≤KJ≤1 oraliqda bo'ladi.
Bu ko'rsatkichning mazmuniga ko'ra: Jini koeffitsiyenti 0 ga teng bo'lganda daromadlar aholi orasida teppa-teng taqsimlanadi, 1 ga teng bo'lganda esa barcha daromadlar bitta shaxs tasarrufida bo'ladi. Vaholangki, hech qaysi jamiyatda aholining turli qatlamlari bir xil salohiyatga ega emas ekan, uning 0 teng bo'lishi mumkin emas. Keyingi yillarda mamlakatimizda ham ushbu ko'rsatkich bo'yicha ijobiy holatlar ko'zga tashlanmoqda. Misol uchun, O'zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko'rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o'sib borayotganidan dalolat beradi.
Davlatning tashqi qarzi davlat eksport hajmining 20-30%dan oshmasligi lozim, aks holatda davlat mazkur qarzni to'lay olish qobiliyatiga ega bo'lmaydi va u uzoq muddatda to'lov balansi defitsitiga olib keladi. O'zbekistonda davlatning tashqi qarzi YaIMga nisbatan 15-20%dan oshmaydi. Bumustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab ham davlat, ham tijorat banklari, kompaniya va korxonalar miqyosida har tomonlama puxta o'ylangan chetdan qarz olish siyosatini amalga oshirib kelayotganimiz bilan bog'liqdir.
Davlat byudjetiga baho berishda, odatda, asosiy e'tibor byudjet daromadlari va xarajatlarining salьdosiga beriladi
Ilmiy adabiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikka ta'sir ko'rsatuvchi omillarni belgilashga bo'lgan turli yondashuvlarni uchratish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, makroiqtisodiy barqarorlikka iqtisodiy, siyosiy, demografik, ilmiy-texnik, tabiiy va boshqa omillar ta'sir ko'rsatadi. Demak, makroiqtisodiy barqarorlikni iqtisodiyotning bir-biri bilan o'zaro aloqador bo'lgan va bir-birini taqozo etadigan omillar ta'sirida shakllangan holati sifatida talqin qilish mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda mehnat resurslarining holati muhim ahamiyatga ega. YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo'lgan mehnat resurslaridan to'liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo'ladi. Makroiqtisodiy tahlilda mehnat resurslari emas, balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko'proq foydalaniladi. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo'lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lmagan, lekin ishlashni hohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni) x 100%
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo'lsa, YaIM uzilishi shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy YaIM dan katta bo'ladi. Ishsizlik darajasi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanib, u nafaqat mamlakatni iqtisodiy jihatdan, balki aholi farovonligi, uning yashash sifati va umuman olganda aholining ijtimoiy holatini ifoda etuvchi ko'rsatkichdir.
Makroiqtisodiy barqarorlik, ishsizlik darajasining pasaytirilishi bilan bir qatorda inflyatsiya sur'atlarining jilovlanishida va uning me'yor darajasida bo'lishiga erishishda namoyon bo'ladi.
Inflyatsiya (lotincha inflation – shishish, bo'rtish, taranglashish) – ma'lum davr mobaynida mamlakatda baholar o'rtacha (umumiy) darajasining barqaror o'sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Umuman olganda, inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilish shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur'ati qanchalik yuqori bo'lsa, iqtisodiyotga xavfli ta'siri shunchalik katta bo'ladi. Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanish yirik tarkibiy o'zgarishlarga olib keladi, natijada tarmoqlar va sohalar bo'yicha ishchi kuchini talab etish va taqsimlashda ham katta o'zgarishlar bo'ladi. Qishloq xo'jaligi, undiruvchi sanoat hamda an'anaviy materiallar, ayniqsa, qora metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda band bo'lganlar soni keskin ravishda qisqaradi. Xizmat ko'rsatish sohasi iqtisodiyotning eng dinamik sektoriga aylanib, uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi ham, bu sohada band bo'lganlar soni ham ortib boradi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlar orasida fan-texnika taraqqiyotini ta'minlaydigan, o'sishda nisbatan yuqori sur'atga ega bo'lgan tarmoqlar guruhini tashkil etish birinchi darajali diqqatga sazovordir. Bu guruhlardagi ishlab chiqarish tarmoqlariga kimyo, neftkimyosi sanoati, atom energetikasi, elektronika, radiotexnika sanoati, sof va o'ta sof materiallar, EHM lar, raqamli dasturlar bilan boshqariladigan stanoklar, robotlar, lazerli aloqa vositalari, nazorat qilish va boshqaruvning kompьyuter tizimlari va boshqalar kiradi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda mehnat unumdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda korxonalardagi mehnat unumdorligi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish orqali namoyon bo'ladi. Jumladan, mehnat jarayonini tashkil etish, boshqarish, xodimlarni moddiy rag'batlantirish, ishchi o'rinlarini avtomatlashtirish va h.k. Bu shart-sharoitlarning o'z vaqtida va to'liq ta'minlanishi pirovardida yaratilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmining o'sishiga olib keladi.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish makroiqtisodiy barqarorlikning asosini tashkil etadi. Bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o'sish modelida ushbu omilning ishtiroki beqiyosdir. Hozirda jahonning ko'plab mamlakatlari o'zlarining tovar bo'yicha raqobatbardoshliklarini oshirishni innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy-texnikaviy salohiyatni yuksaltirish orqali yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga ta'minlamoqda.
Biroq, keyingi yillarda respublikamizda fanga bo'lgan real moliyaviy ajratmalarning pasayish holati sezilmoqda. Hozirda mamlakatimiz sanoatidagi innovatsion jihatdan faol korxonalarning soni hamda sanoat mahsuloti umumiy hajmidagi ilmiy mahsulotning ulushi juda past 1-2 % atrofida bo'lmoqda. Shunga ko'ra, bugungi kunda fan va ishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi integratsion aloqani yanada kuchaytirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'z faoliyatida innovatsion ishlanmalardan foydalanishni rag'batlantirish iqtisodiy o'sishni ta'minlashning asosiy yo'llaridan hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, kelgusida iqtisodiy o'sish uchun zamin hozirlaydi. Har qanday milliy iqtisodiyot kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ya'ni o'tgan yilga nisbatan ko'proq mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Yildan yilga aholi sonining ko'payishi, kishilar ehtiyojini kengaytirilgan ishlab chiqarishni shart qilib qo'yuvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Aynan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish dinamikasi iqtisodiy o'sishning mohiyatini tashkil qiladi.
Iqtisodiy o'sish-muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining o'tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to'liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko'payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o'sish muayyan davr mobaynida mamlakatda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish darajasining ijobiy o'zgarishidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o'sish bu milliy iqtisodiyotda muayyan davr mobaynida (odatda bir yil) mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining oshishidir.
Prezidentimiz I. Karimov barqaror iqtisodiy o'sish haqida shunday fikr bildiradilar: “Barqaror iqtisodiy o'sish bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi asoslaridan biridir. Shuning uchun ham iqtisodiyotni barqarorlashtirish – iqtisodiy islohotlarimizni amalga oshirishning muhim shartidir. Iqtisodiyot barqaror ishlagandagina bozor munosabatlariga muvaffaqiyatli o'tish mumkin. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - bozorni shakllantirish yo'lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir. Biz iqtisodiyotni barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarnivujudga keltiramiz”.
Iqtisodiy o'sish jami taklifning o'sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o'sishni aniqlash va hisoblash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim ko'rsatkichi - yalpi ichki mahsulotga bog'liq. Iqtisodiy o'sish muammosini o'rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi-cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Iqtisodiy o'sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o'sishi, shuningdek, jon boshiga to'g'ri keladigan real daromadlarning o'sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o'sish ikki xil usul bilan o'lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o'sish real YaIM ni o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o'sish aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real YaIM ning o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi sifatida aniqlanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o'sishga ta'minlashga intiladi, chunki iqtisodiy o'sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko'payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo'lishiga, to'rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat nufuzining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o'sish turli nuqtai nazarlar orqali o'rganilishi sababli, uning intensiv va ekstensiv turlarini ajratib ko'rsatish mumkin (1.2.1-rasm).Ekstensiv iqtisodiy o'sish moddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar hajmining oshishi natijasida kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, ekstensiv iqtisodiy o'sish tabiiy resurslar, ishchi kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish omillarini qo'shimcha jalb qilish va faqat ularning miqdoriy oshishi hisobiga ro'y beradi. Bunda ularning sifat va texnikaviy darajasi o'zgarmasdan qoladi.Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o'rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo'yicha xuddi shunday yana bir korxona ko'riladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o'zgarmay koladi.
Intensiv iqtisodiy o'sish esa ilmiy-texnikaviy bazani takomillashtirish va barcha ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanib mehnat unumdorligini oshirish orqali ta'minlanadi. Intensiv yo'l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o'sishida, mahsulot sifatining oshishida o'z ifodasini topadi.
Real hayotda intensiv va ekstensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo'lmaydi, balki muayyan uyg'unlikda, bir-biri bilan qo'shilgan tarzda bo'ladi. Shu sababli ko'proq ustuvor intensiv va ustuvor ekstensiv iqtisodiy o'sish turlari haqida so'z yuritiladi.
Iqtisodiy o'sish bir qancha omillarga bog'liqdir. Iqtisodiy o'sish doimo iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta'siri natijasida kelib chiqadi. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o'sish omillari deganda ishlab chiqarishning real hajmini ko'paytirish, o'sish samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyatlarini belgilaydigan hodisalar va jarayonlar tushuniladi. Iqtisodiy omillarga foydalanilayotgan resurslar miqdorini oshirish va sifatini takomillashtirish omillari kirsa, noiqtisodiy omillar o'z ichiga siyosiy, harbiy, geografik, iqlimiy, milliy va madaniy omillarni oladi.
Iqtisodiy o'sishga ta'sir qilish mexanizmiga ko'ra omillar bevosita va bilvosita omillarga bo'linadi.
Iqtisodiy o'sishga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:
- tabiiy resurslar soni va sifati;
- mehnat resurslari soni va sifati;
- asosiy kapital hajmi;
- texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
- jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi;
Ikkinchi guruh omillari jamiyatdagi iqtisodiy o'sish potentsialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari, ya'ni bilvosita omillar kiritiladi:
- bozorning monopollashuvi darajasining pasayishi;
- iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
- kredit-bank tizimi samaradorligi;
- iste'mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o'sishi;
- eksport hajmining o'sishi;
- iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
- daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri bu – investitsiya me'yori hisoblanadi. Investitsiya me'yori iqtisodiyotning sog'lomligini aks ettiradi va iqtisodiyotda modernizatsiyalashni va tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishning asosi hisoblanadi. Modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan o'tish iqtisodiyotiga ega va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiya me'yori va iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtasida korrelyatsion aloqalar, bog'liqliq mavjud. Masalan, Xitoyda oxirgi 20 yil mobaynida iqtisodiy o'sish sur'atlari barqaror darajada bo'lishining sababi investitsiya me'yorining 41-45 foiz oralig'ida bo'lishi hisoblanadi. Tahlillar ko'rsatishicha, investitsiya me'yori o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda milliy valyutada va joriy baholarda hisoblanadi. Ushbu holat investitsiya me'yori miqdorining sun'iy ravishda oshishiga olib keladi. Ko'pchilik mutaxassislar fikricha, o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, xususan Rossiyada, modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish, iqtisodiyotni innovatsiyaviy rivojlantirish yo'liga o'tkazish, barqaror iqtisodiy o'sish sur'atiga ega bo'lish uchun investitsiya me'yori 35-40 foiz atrofida, O'zbekistonda esa, 28-30 foiz atrofida bo'lishi kerak. Keyingi yillarda mamlakatimizda oqilona va har tomonlama puxta o'ylab olib borilayotgan investitsiya siyosati natijasida, iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar hajmi miqdor va sifat jihatdan takomillashib bormoqda.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o'sish omillarini o'rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o'sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o'sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko'payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o'sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko'rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Odatda iqtisodiy o'sishning quyidagi nazariyalarini farqlaydilar:
- iqtisodiy o'sishning yangi keynscha nazariyalari;
- iqtisodiy o'sishning yangi klassik nazariyalari;
- iqtisodiy o'sishning empirik nazariyalari;
- endogen o'sishning yangi nazariyalari(1.3.1-rasm).
Ushbu yo'nalishlar doirasida esa iqtisodiy o'sishning turli nazariy modellari yaratila boshlandi. XX asrning o'rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asosida yangi yo'nalish, ya'ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy o'sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978 y.) o'z modelida ishchi kuchi, aholi jon boshiga daromad va naqd kapital o'sishi o'rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi. U milliy daromadning kapital sig'imlilik darajasini ifodalovchi “kapital koeffitsiyenti” tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig'imlilik mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilishda foydalandi.
XULOSA
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash masalalariga bag'ishlangan magistrlik dissertatsiyasi ishi natijalarini umumlashtirish quyidagi xulosalarga kelish va takliflar ishlab chiqish imkonini berdi:
1. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash hukumatning eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi, shuning uchun uning mohiyati va xususiyatlarini o'rganish iqtisodiyotning inqirozdan keyingi rivojlanish bosqichida dolzarb bo'lmoqda.
So'nggi yillarda O'zbekistonning jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining tobora kengayib borishi, rivojlangan mamlakatlar ko'magida milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha dasturlarning amalga oshirayotganligi, mahsulot va xizmatlar eksporti va importi hajmining muttasil o'sib borishi mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylanib borayotganligidan dalolat beradi. Demak, global inqirozning jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi hisoblangan O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin emas.

Download 84.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling