Mustaqil ishi Fan: Dasturiy Injinering Fan o’qituvchisi: Normatov Nizomiddin Kamolliddin o’g’li Bajardi: G’aniyev Sobir Qodir o’g’li Mavzu
WHILE YORDAMIDA LUG'ATNI TO'LDIRISH
Download 126.18 Kb.
|
DI mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ROYXAT ELEMENTLARINI OCHIRISH
- ROYXATDAN ROYXATGA ELEMENT KOCHIRISH
WHILE YORDAMIDA LUG'ATNI TO'LDIRISHYuqoridagi usul bilan lu'gatlarni ham shakllantirishimiz mumkin. Quyidagi kodda ism bu kalit, yosh esa klaitga mos keluvchi qiymat. while tsiklining davomiyligi esa ishora ning qiymatiga bog'liq. print("Do'stlaringiz yoshini saqlaymiz.") dostlar = {} ishora = True while ishora: ism = input("Do'stingiz ismini kiriting: ") yosh = input(f"{ism.title()}ning yoshini kiriting: ") dostlar[ism] = int(yosh) # ism kalit, yosh qiymat javob = input("Yana ma'lumot qo'shasizmi? (ha/yo'q)") if javob == "yo'q": ishora = False for ism, yosh in dostlar.items(): print(f"{ism.title()} {yosh} yoshda") Natija RO'YXAT ELEMENTLARINI O'CHIRISHAvvalgi darslarimizning birida ro'yxat elementini o'chirish uchun .remove(qiymat) metodi bilan tanishgan edik. Esingizda bo'lsa, bu metod ro'yxatdan eng birinchi uchragan qiymatni o'chiradi. Agar ro'yxatimizda ma'lum bir qiymat bir necha bor takrorlangan bo'lsa, ularning barchasini o'chirib tashlash uchun while tsiklidan foydalanishmiz mumkin. cars = ['lacetti','nexia','toyota','nexia','audi','malibu','nexia'] while 'nexia' in cars: # toki nexia cars ro'yxati ichida ekan... cars.remove('nexia') # nexia ni ro'yxatdan olib tashla print(cars) Natija: ['lacetti', 'toyota', 'audi', 'malibu'] Yuqoridagi tsikl toki cars degan ro'yxatda 'nexia' qiymati tugagunga qadar takrorlanaveradi. RO'YXATDAN RO'YXATGA ELEMENT KO'CHIRISHTasavvur qiling bizda ma'lum bir ro'yxat bor, biz ro'yxatdagi har bir element ustida biror amalni bajarib, uni birinchi ro'yxatdan ikkinchi ro'yxatga ko'chirib olmoqchimiz. Shunday holatlarda while tsikli juda qo'l keladi. Quyidagi misolni ko'raylik. Bizda talabalar ro'yxati bor. while tsikli toki ro'yxatda talabalar bor ekan aylanaveradi. Tsikl ichida biz .pop() metodi yordamida talabaning ismini ro'yxatdan sug'urib oldik va foydalanuvchidan talabani baholashni so'radik. Talabaning ismi va bahosini lug'at elementi ko'rinishida saqlab qo'ydik (talaba - kalit, baho - qiymat). talabalar = ['hasan', 'husan', 'olim', 'botir'] baholangan_talabalar = {} while talabalar: talaba = talabalar.pop() baho = input(f"{talaba.title()}ning bahosini kiriting: ") print(f"{talaba.title()} baholandi") baholangan_talabalar[talaba] = baho Natija Yuqorida biz while tsikli yordamida ro'yxat va lug'atlar ustida bajarish mumkin bo'lgan ba'zi misollarni ko'rdik. Albatta dasturlash davomida bundan boshqa holatlar ham uchrashi tabiiy. Download 126.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling