Mustaqil ishi lug’at turlari va tiplari


Download 17.24 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1516993
1   2   3   4   5
Bog'liq
AZIMJONOV NODIRBEK

Lisoniy lug’atlarda so’z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug’atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to’plash maqsad qilinadi.
  • Lisoniy lug’atlar ham dastlab ikki turga – umumiy va xususiy (maxsus) lug’atlarga bo’linadi.
  • U m u m i y l u g’ a t l a r d a umumtil birliklari, ularning ma’nolari va qo’llanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug’atlar bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli, izohli, izohsiz bo’lishi mumkin. "o’zbek tilining izohli lug’ati" (ikki tomli, 1981 y.), "o’zbekcha-ruscha lug’at" (1959), "Ruscha-o’zbekcha lug’at" (besh tomli, 1950-1955) va boshqalar shular jumlasidandir.
    • www.arxiv.uz
    • X u s u s i y (m a x s u s) l u g’ a t l a r d a tilning lug’at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo’yicha yoki shu tildagi ma’lum mikrosistemalar, guruhlar bo’yicha tanlab izohlanadi. "Ruscha-o’zbekcha fizik terminlar lug’ati" (M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), "Ruscha-o’zbekcha matematik terminlar lug’ati" (M.Sobirov, 1952), "o’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (A.hojiev, 1974), "Lingvistik terminlarning izohli lug’ati" (A.hojiev, 1985), "o’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 1978), "Imlo lug’ati" (Olim Usmon, 1949), "o’zbek tilining imlo lug’ati" (S.Ibrohimov, E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), "o’zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "o’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 1984), "o’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.SHukurov, 1980), "Ruscha-o’zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug’ati" (Q.Zokirov, M.M.Nabiev, o’.Pratov, h.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
    • www.arxiv.uz
    • Keyingi yillarda o’zbek tilida yana bir qator yangi lug’atlar yuzaga keldi: "Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma" (N.Mahmudov, 1990), "o’zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "o’zbek tilining etimologik lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 2000y.), "O`zbek tilining imlo lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, A. Hojiyev, 1995), "o’zbek tili tasviriy ifodalarining izohli lug’ati" (R.Rasulov, I.Umirov, 1997), Hozirgi o’zbek tili faol so’zlarining izohli lug’ati (A.Hojiyev, A.Nurmonov, S.Zaynobiddinov, K.Kokren, M.Saidxonov, A.Sobirov, D.Quronov, 2001), "Turkcha-o’zbekcha, o’zbekcha-turkcha lug’at" (Nizomiddin Mahmud, Ertug’ul Yaman, 1993) shular jumlasidandir.
    • www.arxiv.uz
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling